Yong‘inda halok bo‘lgan falastinlik bolaning otasi vafot etgan

Image copyright Getty
Image caption Oilaning qolgan a‘zolari ahvoli ham og‘ir qolmoqda.

Falastining Duma qishlog‘ida bir hafta oldin sodir etilgan yong‘inda halok bo‘lgan bolaning otasi, 32 yoshli Saad Davabsih olgan jarohatlari tufayli kasalxonada hayotdan ko‘z yumgan. Saad Davabsihning janoza marosimi bugun bo‘lib o‘tgan.

31 iyulda Iordan daryosining G‘arbiy Sohilida Duma qishlog‘idagi ikki uy yoqib yuborilgan, bir yarim yoshli Ali qurbon bo‘lgan edi.

Yong‘in yarim kecha uyushtirilgan va devorlarga ivritchada "qasd" deb yozib ketilgan.

Bolaning ota-onasi va akasi kuyish jarohatlari bilan Isroildagi kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Shifokorlarga ko‘ra, Said Davabshaning tanasi ikkinchi darajada kuyib ketgan bo‘lgan. Uning xotini va yana bir o‘g‘lining ahvoli ham o‘ta og‘irligi aytilmoqda.

Yong‘inni kim uyushtirgani rasman ma‘lum emas. Biroq hukumat hodisa orqasida Isroilning o‘ng qanot radikallari- yahudiy ekstremistlar turganidan gumon qilyapti.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu yong‘inni terakt hodisasi deb atagan va aybdorlarni topishga va‘da bergan televideniye orqali.

2 avgust kuni Isroil hukumati falastinliklarga qarshi terror hodisasini amalga oshirganlikda gumondorlarni mahkama qarorisiz hibsga olishga ruxsat bergan.

Isroil bosib olgan hududda tez-tez yahudiy harbiylar va falastinliklar o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib turgani bois, bu kabi "ma‘muriy hibslar" deb ataladigan choralar asosan falastinliklarga nisbatan ishlatib kelingan.

G‘arbiy sohil xalqaro miqyosda 1967 yilda Isroil tomonidan bosib olingan Falastin hududi deb tan olingan.

G‘arbiy Sohilda yahudiy kelgindilar uchun uy-joy qurish xalqaro huquqqa zid hisoblanadi, ammo Isroil o‘z amallarini qonuniy deb ataydi.

Ayni paytda qariyb 500 ming yahudiy Sharqiy Quddusda qurilgan 100 dan ortiq turar-joy maskanlarida yashab keladi.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio