Turkiyaning qator hududlarida qon to‘kilgan

Image copyright EPA

Istanbul shahrida politsiya idorasi yonidagi portlashdan bir soat o‘tib ikki qurollangan shaxs AQSh konsulligiga qarata o‘t ochgan.

Portlash oqibatida kamida yetti kishi jarohatlangan.

Ularning uch nafari politsiya zobiti bo‘lgan.

Sultanbeyli tumanidagi politsiya idorasiga portlashdan keyin otishma boshlangan.

Otishma tun bo‘yi davom etgani xabar qilingan.

Turkiya rasmiylari xabar qilishicha, ikki hujumchi o‘ldirilgan.

Otishmada bir politsiyachi ham halok bo‘lgan.

Politsiya idorasiga va AQSh konsulligiga hujumlarning bir-biriga aloqasi bor-yo‘qligi hozircha aniq emas.

Xabar qilinishicha, AQSh konsulligiga hujumda hech kim yaralanmagan.

Ushbu hujumlar Turkiya bilan Kurdiston Ishchi partiyasi - PKK o‘rtasida taranglik ortgan paytda kuzatilgan.

Shuningdek, Turkiya yaqnndan boshlab "Islomiy Davlat" jangarilariga qarshi faol kurashga kirishganini e‘lon qilgan.

Amerika konsulligiga hujum qilganlarga qarshi politsiya o‘t ochgan.

Shundan so‘ng hujumchilar chekinishga majbur bo‘lganlari, birozdan so‘ng hujumchilardan biri deb ko‘rilgan ayol qo‘lga olingani haqida xabar qilingan.

Amerika konsulligi Twitterda faoliyat to‘xtatilganini e‘lon qilgan, konsullik qachon qayta ochilishi haqida qo‘shimcha ma‘lumot tarqatilishi aytilgan.

Sirnak viloyatidagi Silopida yuz bergan portlash oqibatida to‘rt politsiya xodimi halok bo‘lgan, bir nafari jiddiy yaralangan.

Sirnakda harbiy tikucharga qarata o‘t ochilgan.

Oqibatda bir askar halok bo‘lgan, yana biri jarohatlangan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq