Afg‘oniston Tojikistondan kechirim so‘radi

Image copyright Getty

Afg‘onistondan otilgan raketalar Tojikiston hududida portlagani uchun Afg‘oniston kechirim so‘ragan.

Tojik rasmiylariga ko‘ra, minomyot hujumida Tojikiston hududida ikki portlash ro‘y bergan.

Xabarlarga ko‘ra, bu paytda Afg‘on harbiylari Tolibon jangarilari bilan jangga kirishgan bo‘lganlar va ularga qarshi o‘t ochganlar.

Tojikiston Chegara qo‘shinlari bosh boshqarmasining BBCga bildirishicha, chegara oldi hodisasida hech kim talofot ko‘rmagan.

Afg‘oniston shimolida, Tojik-Afg‘on chegarasiga yaqin hududda Tolibon jangarilari bilan shiddatli otishmalar bo‘lib o‘tgan.

Kobul "Tolibon" harakatiga qarshi amaliyot muvaffaqiyatli yakunlanganini xabar qilmoqda.

Bundan oldin Tojikiston Afg‘oniston bilan chegarada mudofaa chizig‘i tuzilganini e‘lon qilgandi.

Dushanbe Afg‘oniston bilan chegarada harbiy vaziyat yomonlashganidan keyin shunday qaror bergan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio