Kubadagi elchixona ustida AQSh bayrog‘i ko‘tarildi

Image copyright AFP

AQSh yopilganidan 54 yil o‘tib Kubadagi o‘zining elchixonasini qayta ochgan.

Bu ikki mamlakat munosabatlari ilib borayotganining yana bir belgisidir.

Jon Kerri Kubaga oxirgi 70 yilda borgan ilk AQSh Davlat kotibi bo‘lgan.

Elchilik binosi uzra AQSh bayrog‘i ko‘tarilgan.

1961 yili AQSh bayrog‘ini pastga tushirgan uch amerikalik dengiz piyoda askari yana bayroqni ko‘tarish marosimiga atayin taklif qilinganlar.

Kuba o‘zining AQShdagi elchixonasini o‘tgan oy ochdi.

O‘tgan yili dekabridan buyon AQSh va Kuba ikki mamlakat munosabatlarini yaxshilash maqsadida diplomatik qadamlarni qo‘ymoqdalar.

Biroq hali hal etilmagan masalalar ko‘p.

Bir kun oldin Kuba sobiq rahbari Fidel Kastro ochiq maktub e‘lon qildi va bu maktubida Kubaga nisbatan savdo embargosini bekor qilmagani uchun AQShni tanqid qildi.

53 yillik sanktsiyalari uchun Amerika Kubadan millionlab dollar qarzdor, deb yozgan Fidel Kastro.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar 1960 yillar boshlarida AQSh Kuba bilan diplomatik munosabatlarni to‘xtatgani va savdo embargosi joriy etgani ortidan sovuqlashgan edi.

Gavanada AQSh elchixonasi ochilishini Davlat kotibi Jon Kerri "tarixiy soniya" deb atagan.

Lekin AQSh Kubadagi siyosiy o‘zgarishlar bo‘lishi yo‘lida bosim o‘tkazishdan to‘xtamasligini aytgan.

"Kuba xalqi haqiqiy demokratiya o‘zlariga xizmat qilishiga haqlilar, haqiqiy demokratiyada insonlar o‘z rahbarlarini erkin saylay oladilar", deb aytgan AQSh Davlat kotibi elchilik tashqarisida to‘plangan olomon qarshsida.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq