Misr aksilterror qonunini kuchaytirayapti

Prezident Abdul Fattoh Sisi Misrning terrorizmga qarshi kurashga qaratilgani aytilgan yangi qonunini ma‘qullagan.

Yangi aksilterror qonuniga muvofiq, maxsus mahkamalar tashkil etiladi va kuch qo‘llagan harbiy va politsiya zobitlarini huquqiy himoya qilish kuchaytiriladi.

Maxsus mahkamalar terrorizmda gumon deb ko‘rilgan shaxslarning ishlarini tezlashtirgan tartibda ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘ladi.

Terrorchi guruh tashkil qilgan yoki unga rahbarlik qilishda aybdor deb topilganlarga o‘lim jazosi ko‘zda tutilgan.

Terrorchilik faoliyatida aybdor deb ko‘rilgan shaxsga 10 yillik qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Rasmiylar nuqtai nazariga zid deb ko‘rilgan jangarilar hujumiga bag‘ishlangan maqola yozgan jurnalist 25 ming Misr funti miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

Inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari fikricha, yangi qonun Prezidenti Sisiga o‘z muxoliflarini bosim ostiga olishga imkoniyat yaratadi.

So‘nggi ikki yil mobaynida Misrda Prezident Sisini hokimiyatdan ag‘darishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan islomiy guruhlar faollashgan.

Ayniqsa, Sinay yarim orolida islomiy jangarilar harbiylar va politsiya kuchlariga hujumlarni ko‘paytirgan, oqibatda yuzlab xavfsizlik kuchlari xodimlari halok bo‘lgan.

Yaqinda Misrdagi guruhlardan biri "Islomiy Davlat"ga sodiqlikka qasamyod qilgan edi.

Shu yil iyun oyida avtomobil bombasi portlatilishi oqibatida prokuror o‘ldirilgan, buning ortidan Prezident Sisi aksilterror qonunini qattiqlashtirish chaqirig‘i bilan chiqqan edi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq