O‘zbekistonda Islomni o‘rganishni istagan yoshlar kimga quloq tutyapti?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

O‘zbekistonlik ba‘zi musulmonlarning fikrida, ko‘p hollarda masjidlar Islom haqidagi muqaddas savollarga javob olish maskani emas, balki musulmonlarni muayyan yo‘lga soladigan mafkurafiy siyosiy idoralarga aylanib qolayapti.

Imomlarni ular sovet davrida amal qilgan "politinformator"larga qiyoslashadi.

Bir suhbatdosh "o‘zbek masjidlarida Islomning faqat hukumat istagan qismlari va talqini" namozxonlarga uqtirilishini savolga oladi. Shuningdek, "to‘g‘ri" va "noto‘g‘ri" musumlonlar deya, umma orasida bo‘linishlar kelib chiqishidan xavotirlarni bildiradi.

Bu xavotirlar asoslimi?

O‘zbekistondagi musumlonlar o‘zi imomlar ma‘ruzalaridan ta‘sirlanyaptimi? O‘zbek imomlarining tinchlikka chaqiruvchi ma‘ruzalari internet, ijtimoiy tarmoqlarda baralla yangrayotgan radikal qarashlar ostida qolib ketmayaptimi?

Islomni chuqurroq o‘rganishni istagan yoshlar ko‘proq kimga quloq tutishayapti? BBC Toshkentdan siyosiy fanlar nomzodi, mustaqil tadqiqotchi Zabixulla Soipovni suhbatga tortdi.

Suhbatni tinglang.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio