Shifokor: "Pora olmay ishlab ko‘ringlar-chi 300-400 ming so‘m oylikka"

Biz ijtimoiy tarmoqlardagi SO‘Z SIZGA ruknimizda "Do‘xtirlarning malakasi tushib ketayaptimi?" degan savol bilan murojaat qildik. Unda O‘zbekistonda to‘g‘ri tashxis va shifo beradigan malakali shifokorlar kamayib ketayotgani borasidagi xavotirlar, hamda "glavvrach" va "zaveduyushiy"ga pul uzatib turishga majbur bo‘layotgan tibbiyot xodimlari orasidagi poraxo‘rlik haqida internetdagi yurtdoshlarimiz fikrini so‘radik.

Ko‘pgina sharhlovchilar malaka tushib, pora ko‘paygani borasidagi fikrlarga qo‘shilganlar. Quyida biz sharhlarning ba‘zilarini taqdim etamiz.

Masalan, Yadgar Xodjaniyazov shunday yozadi: "Pul bulmasa poliklinikaga borishgayam xojat yuk. Vrachlar ochik oydin bozor sistemasiga utib olishgan. Xattoki yezgan bitta spravkasigayam 3000-5000 sum tashab keting deyishadi. Agar norozi bulganingizni kursa jaxli chikishadi va yukoridagilar bizdan talab kilishadi deyishadi. Noiloj berib ketishga majbur bulasan odam. Kasalxonada esa xar kadamda "Kasalxonada davolanish tekin"degan e‘lonlar yepishtirilib kuyilgan. Ammo vrach ta‘yinlagan dori-darmonlarni, shpritsi, paxtasi, spirtiniyam aptekadan sotib olmasangiz sizga ukol kilish u yekda tursin,ulayetgan bulsangiz xam xech kim kayrilib xam bokmaydi. Shuning uchun azizlarim xech kachon kasal bulmagaysiz. Omon buling".

Jasurbek Normetov sharhi quyidagicha: "Tanish va pul bo‘lsayam uncha e‘tibor bilan qarashmiydi, ishdan charchashgan ko‘pchiligi.. Tanishsiz, pulsiz doktorga borish degani bu deyarli o‘lim bilan teng bo‘lib qoldi".

Feruz Karimov: "Yaxshi shifokor Ankoni urugi xozirda!" - deydi.

Obidjon Latipov yozib qoldirgan sharh mana bunday: "Davomil xasharu, shanbaliklardan ortmaydigan kamiga paxta dalasi 2chi ish joyiga aylangan shifokorning malakasi qanday bo'ladi?!!!"

Anvar Axunov esa poraxo‘rlik butun tizimni egallab olganiga ishora qiladi: "Tepada utirganla nima kiladi ministerstvodigila? Och noxor kop ketishadiku keyin oyliga ishlashga turi keladi, a undan kura usha chorvachili dexkonchiligimmi kilaman dib ketib koladi".

Shunga o‘xshash fikrni Obidjon Latipov bildirgan: "Glavrachga berish bu holvasi, ketida fondga, gazeta obunasiga, istemolchilar federasiyasiga, SES jarimasiga, xasharga, paxtaga va boshqa pul yig'ishlayam bor".

Guli Gulya esa: "Pora bilan ukishga kirib, pul bilan bitirib ,tanish bilish va yana pora bilan glavrachmi, doktormi buvolib, oldiga shifo izlab kelgan bemorlar yeki kur, yeki chulok, yeki umuman sogaymi battar kasali kuchayib ulib ketvotti! Chora kurish kerak! Pora ovotganni ommaga chikarib sharmanda kilib, kamash kerak, ayniksa tibbiyet soxasidagi poraxurlarni!!!" deya qat‘iy chorani taklif etadi.

Pora olmay ishlab ko‘ringlar-chi 300-400 ming so‘m oylikka deya sharh qoldirganlar ham ancha ko‘p. Qizig‘i ularning aksari shifokor ustboshida suratga tushgan va o‘z feysbkuk sahifasiga ish joyini tibbiy muassasa ekanini yozib qo‘ygan muxlislarimiz.

Shundaylardan biri Abdusalom Abdurakhmanov. U shifokorlarni quyidagicha himoya qiladi: "Kup yelgon gaplar ekan... poliklinikada barcha xizmat bepul... xatto devor eshiklarga yezib kuyganlar... man barcha spravkani bepul oldim... tizimni reforma kilish kerak... vvs xodimlariga bizdan yaxshi ma‘lum bulishi kerak... angliya va akshdagi tibbiy ta‘lim va tibbiy tizim kurinishi... uzimiz kashf eta olmasak shuni ulardan olish kerak... tibbiyet tizimini straxovkaga utkazish va xodimlarga kamida 1500 aksh dollariga teng oylik maosh berishi kerak... maosh shunaka bulsa shunda poraxurlikka karshi chora kursa okilona buladi ... xozirchi? Oyligi 400 000 bulib.. 10 ming olganiga kamalib ketayabdi... millionlab olgan boshliklar yuribdi davr surib".

Yana bir shifokor Ulugbek Matjanov yozadi: "Men kuplab davlatlarda anesteziolog bulib ishladim va ishlab kelyapman. Bizni Uzbekistonimizdek malakali va kuchli vrachlarni fakat Rossiyadan topish mumkin. Germaniyadagi uzbek vrachlardan butun Germaniya davlati xayratda. malakali ok kungil blimli va albatta kuchli mutaxasis. Uzbekistonda oliy talim juda kuchli ayniksa tibbiyet soxasida. shunday yekan bir ikkita saviyasiz va vijdonsiz vrachlarni kurib, kolgan 85-90% yaxshi vrachlarga xam xulosa kilish kerak mas. man Uz davlatimdan va ustozlarim bilan faxrlanaman".

Shifokor Jaxongir Sodiqovning rus tilida qoldirgan sharhi tarjimasi quyidagicha: "Vrachdan uning ahvolini so‘rashmaydi. Bemorlar o‘zlari bilan ovora, vazirlar esa o‘z qarshilaridagi yirik davlat ishlarini deb uning ortida qolib ketgan oq xalatdagi odamlarni ko‘rmaydilar. Tibbiyot xodimlari kuni arafasida Informburo.kz sayti shifokorlarning fikri bilan qiziqqan. "Vrachning obro‘yi yer bilan teng, deydi birinchi suhbatdosh. Avvallari unga gullar va konfetlar olib kelib berishardi, hozir sal narsaga - sud. Bilishadiki, bemor hamma vaqt haq. Yana tovon puli ham undirib olishi mumkin. Qonunchiligimizga qarang, vrachni himoya qiladigan bironta ham qonun yo‘q. Men masalan qari odamni operatsiya qilaman. Infarktni, tromboemboliyani oldindan bashorat qilish imkonsiz. Shuning uchun, profiklaktika qilaman, qonini suyultiraman. Unda esa operatsiya ortidan qon ketishni boshlaydi. Shunda mendan so‘rashadi: Qon ketishini bilarkansan, nega suyultirding? Boshqa variant. Profilaktika qilmayman. Bemorda insult yuz beradi. Bu safar so‘rashadi: "Bemorni operatsiyaga tayyorlagan ekansan, nega avval qonini suyultirmading?" Baribir aybdor bo‘laman. Shundan keyin shifokorlar - qotil degan qarashlar paydo bo‘ladi. Kechirasiz, biz bir umr o‘qiymiz. Nima odam o‘ldirishni o‘qiymizmi?" - deya fikr bildirgan bu yurtdoshimiz.

Mufazzalsho Muhammadiev shifokor bo‘lish naqadar qiyin ekanini eslatadi. "Bir shifokor 7 yil ukiydi, xar yilgi kontrakt puli 7 mln, 3 yil magistratura, kira olsa albatta, u xam kontrakt, 10 yil ota-onasiga raxmat, vrachni bola-chakasi, xotini shu 10 yilda kanday yeb icharkin, xayronman... 10 yil ukigan vrach kamida 5 yil ustoz bilan ishlasa vrach buladi - yeshi 35 da....u nima kilsin..." - deb so‘raydi u.

Muammoning yechimi borasidagi sharhlarga kelsak, bir necha sharhlovchilar maoshlarning oshirilishini taklif qilganlar. Ta‘limni kuchaytirish va sug‘urta tizimiga o‘tish ham yechim sifatida ilgari surilgan.

Nodirbek Xasanov mana bunday fikr bildirgan: "Med institutlarni kuchaytirish, va poraxurlikka nukta kuyib ukituvchilarni oyligini oshirish , shuningdek pedagoklik malakasini xam oshirish kerak deb uylayman, XAMMASI UKUV YuRTIDAN BOShLANADI fundament ushetta!!!!"

Odilbek Djuraev fikrida "Tibbiy vrach uzining xizmati uchun bemornpng uzidan pul emas balki bemorning sugurta kompaniyasidan pul olsa poraxurlikning oldi olinar edi".

Kelgusi mavzularimizda ishtirok etish uchun Facebook va Odnoklassnikidagi BBS O‘zbek sahifasiga kiring.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio