Toshkentdagi bozorda yong‘in ro‘y berdi

Image copyright BBC World Service

Toshkentdan olinayotgan xabarlarga ko‘ra, "Beruniy" metrosi va sobiq "Yubileyniy" muz saroyi binosi yaqinidagi oziq-ovqat bozori hududida 18 avgust tunida yong‘in ro‘y bergan.

Ulgurji oziq-ovqat bozoridagi yong‘in mahalliy vaqt bilan kechki soat 21 larda boshlangan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, kuchli alanga bir necha metr yuqoriga ko‘tarilgan.

Yong‘inga nima sabab bo‘lgani hozircha aniq emas.

Ko‘p sondagi o‘t o‘chirish guruhlari yong‘inni o‘chirishga jalb qilingan.

Bozor hududidan insonlar ko‘chirilgani xabar qilingan.

"O‘zko‘rgazmasavdo" ko‘rgazma-yarmarka markazi atrofida yo‘llar bekitilgan.

Internet ijtimoiy tarmoqlarida yong‘in va atrofdagi vaziyat aks etgan foto va videolar tarqalgan.

Tungi soat 1 larga yaqin yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lingani xabari tarqaldi.

Bundan oldin ham Toshkentdagi qator bozorlarga o‘t ketgan.

Shu yaqin ikki yilning o‘zida poytaxtdagi Qatortol ko‘chasidagi bozor, "Taxta bozor", "Chinni bozor"da ham yong‘in ro‘y bergan.

Image copyright BBC World Service

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Your contact details
Disclaimer

Bu mavzuda batafsilroq