"Bangkok bombachisi tarmoq a‘zosi bo‘lgan"

Image copyright AFP

17 avgust kuni 20 inson o‘limiga olib kelgan Bangkokdagi Eravan ibodatxonasidagi portlashni "tarmoq" sodir etgan, deb aytgan Tailand politsiyasi boshlig‘i.

Sayyohlar va buddaviylar orasida mashhur haykal chorshanba tongidan jamoatchilik uchun qayta ochilgan.

Tergovchilar sariq ko‘ylakdagi asosiy gumondagi shaxsni qidirmoqdalar.

U kuzatuv kameralariga tushib qolgan, yelkasidagi ryukzakini bir chekkada qoldirib ketgani aniq ko‘ringan.

Politsiya rahbari Somyot Poompanmoungning so‘zlariga ko‘ra, portlashni sodir etgan shaxs bir o‘zi bo‘lmagan.

"U bu ishni yolg‘iz o‘zi qilmagan, bu aniq. Bu tarmoq", degan.

Biroq boshqa tafsilotini ochiqlamagan.

Portlashda halok bo‘lganlarning aksari tailandliklar bo‘lgan.

Xitoy, Gongkong, Britaniya, Indoneziya, Malayziya va Singapur fuqarolari halok bo‘lgani tasdiqlandi.

Seshanba kuni shahardagi kanalda ham portlash ro‘y bergan.

Biroq politsiya ushbu ikki portlashni o‘zaro bir-biriga bog‘layotgani yo‘q.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq