Paxta terimiga chiqmaganlar vatanni sevishmaydimi?

Image copyright Reuters

O‘zbekistonning Sirdaryo viloyatida paxta yig‘im-terimida qatnashishdek "savobli ishdan chetda turmaslik" da‘vati bitilgan varaqalar tarqatilgan.

Ayni vaqtda internet ijtimoiy tarmoqlarida O‘zbekiston fuqarosining o‘z ixtiyoriga zid ravishda paxta yig‘im-terimiga olib chiqilishi O‘zbekiston konstitutsiyasi va qonunlarini buzish ekani haqidagi ogohlantirishlar ham paydo bo‘lgan.

Paxta terimi O‘zbekiston rasmiylari "vatanparvarlik" nuqtai nazaridan yondoshib, safarbarlik e‘lon qilayotgan yagona soha emas.

O‘zbekiston mustaqilligining navbatdagi sanasi yaqinlashib kelar ekan, rasmiylar "Betakrorimsan, yagonasan, ona vatanim - O‘zbekiston!" shiori ostida o‘tadigan tadbirlar dasturini tasdiqlaganlar, bundan tashqari bayram oldidan ommaviy hasharlar ham e‘lon qilingan.

Mujda sodda - vatanparvar bo‘lsang, bu tadbirlardan chetda turmasliging lozim!..

Lekin rasmiylar tomonidan yarim talab, yarim majburiy tashkillashtiriladigan bu tadbirlarning asl mohiyati nimada?

Paxtaga yoki hasharga chiqishdan bosh tortish, bu vatanni sevmaslikni anglatadimi?

O‘zbek-olmon Inson huquqlarini himoya qilish forumidan Umida Niyozovaning BBC O‘zbek xizmati bilan suhbatda aytishicha, paxta terimi bilan vatanparvarlik orasida aslida bog‘liqlik yo‘q va xalqaro qonunlarda davlat manfaati yo‘lida fuqarolarni majburiy mehnatga jalb etish taqiqlanadi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio