Qozoq tangasining qadrsizlanishi mintaqa narxlariga ta‘sir qilmoqda

Tanganing qadrsizlanishi tez orada o‘zbek so‘mining ham qadrsizdanishiga olib kelishi aytilmoqda
Image caption Tanganing qadrsizlanishi tez orada o‘zbek so‘mining ham qadrsizdanishiga olib kelishi aytilmoqda

20 avgustdan boshlab qozoq tangasining erkin holatga qo‘yib yuborilishi qo‘shni davlatlarga ham o‘z ta‘sirini o‘tkazmasdan qolmagan.

O‘zbekistonlik iqtisodchilarning ma‘lum qilishicha, tanga qadrsizlanishi bilan O‘zbekistonga yashirin yo‘llar bilan o‘tadigan un, benzin narxlari o‘rtacha 12-15 foiz o‘sgan.

Narxlardagi o‘zgarishlar borasida O‘zbek hukumati odatdagidek sukut saqlamoqda.

Biroq O‘zbekistonda narx navolar bo‘yicha tadqiqot o‘tkazgan faollar hukumat doiralardagi rasmiylar ayrim iste‘mol tovarlarining baholari ko‘tarilishi haqida gapirayotganni aytmoqda.

"O‘zbek rasmiylarining o‘zaro suhbatlarida Qozog‘istondan import qilinuvchi don, un, metall, benzin va dizel mahsulotlarining narxi yaqin kelajakda ko‘tarilishi aytmoqda", - deyiladi tadqiqotda.

Faolga ko‘ra ushbu mollarning narxi ko‘tarilishi zanjir reaktsiyasi tashkil qilib boshqa tovarlarga ham ta‘sir qilishi mumkin.

Rossiya va Qozog‘iston milliy valyutalarining qadrsizsizlanishi O‘zbekiston valyuta bozoriga hozircha oz miqdorda ta‘sir o‘tkazgan. Qora bozorda dollar narxi 4460 so‘mdan 4600 so‘mga ko‘tarilgan.

Biroq iqtisodchilar so‘mning qadrsizlanishi davom etishini va Rossiya rubli yoki Qozog‘iston tangasi singari o‘rtacha 20-30 foiz qadrsizlanishini taxmin qilishmoqda.

Ularning izohlashicha, odatda Rossiya va Qozog‘iston valyuta bozorlaridagi o‘zgarishlar O‘zbekistonga valyuta bozoriga ma‘lum vaqt o‘tganidan so‘ng ta‘sir qiladi.

RiaNovosti agentligi ushbu o‘zgarishlarga Rossiya va Qozog‘iston mehnat bozoridagi migrantlarning tushumi kamayishi va pul jo‘natmalari qisqarishi ham sezilarli ta‘sir qilishini yozmoqda.

"Ekspertlarning baholashicha, O‘zbekistonga migrantlar tomonidan yuboriladigan pullar mamlakat IYaM 12 foizini va bir yilda eksportdan keladigan daromadning 45 foizini tashkil qiladi", - deb yozadi RiaNovosti.

Yaqinda Ovro‘Osiyo ittifoqi a‘zosi bo‘lgan Qirg‘izistonda ham tanganing qadrsizlanishi ortidan qirg‘iz so‘mi qadri tushib ketgan.

Qirg‘iz so‘mi milliy valyuta tarixida dollarga nisbatan eng yuqori ko‘rsatgich 63 so‘mdan sotila boshlagan.

Qirg‘iz so‘m qadrining tushib ketishi narx navolarning ham keskin ko‘tarilib ketishiga olib kelgan.

Qozog‘iston hukumati 20 avgust kuni milliy valyuta tangani ma‘lum koridorda ushlab turish choralaridan voz kechishini ma‘lum qildi.

Tanganing erkin savdoga qo‘yib yuborilishi uni 30 foiz qadrsizlanishiga olib keldi.

O‘sha kunning o‘zida bir dollar 250 tangaga ko‘tarilib ketdi.

Ushbu holat chetdan olib kelinuvchi barcha iste‘mol mollarining ko‘tarilib ketishiga olib keldi.

Ayniqsa, texnika mollarining narxi qisqa muddat ichida tanga kursiga moslashdi.

Hukumat iste‘mol uchun muhim bo‘lgan oziq ovqat va dori darmon mahsulotlarining bahosini ushlab turish choralarini ko‘rganini ma‘lum qildi.

Erkin savdoga qo‘yib yuborilgan qozoq tangasi 24 avgust kunga kelib biroz mustahkamlangan. Ayirboshlash shahobchalarida dollarning narxi 230 tangaga tushgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio