O‘zbek soliq to‘lovchilari hukumat mulozimlarini boqayotganlaridan qanchalar xabardor?

Image copyright AFP

O‘zbekiston respublikasining "Soliq kodeksi"ga ko‘ra, jismoniy shaxslar daromad soliqlarini boshqa majburiy to‘lovlar qatori davlat byudjetiga to‘lashlari shart. Biroq, aholi ushbu o‘z to‘lovlarning hisoboti borasida to‘liq ma‘lumotga egami?

Buyuk Britaniyada anchadan beri yashab kelayotgan tahlilchi Farhod Hazratqulovga ko‘ra, o‘zbek jamiyatida sovet davridan qolgan "davlat bizni boqayapti" degan qarash hamon mavjud.

"Aslida, fuqarolar o‘zlari to‘layotgan soliqlar bilan hukumat va butun davlat apparati faoliyatini ta‘minlab kelishadi", deydi tahlilchi.

BBC O‘zbek xizmati forumlarida qoldirilgan fikru mulohazalar orasida "...rasmiylarni biz boqmasak kerak ...bizning pulimizga kun ko‘rishmayotgandir" qabiladagi izohlarni uchratish mumkin.

Bunga javoban, Farhod Hazratqulovning aytishicha, rivojlangan mamlakatlarda siyosatchilar va davlat amaldorlari davlatdan olayotgan maoshlar evaziga hayot kechirishadi, ularning har bir daromad-xarajati ommaga ko‘rsatib boriladi va g‘arblik soliq to‘lovchilari bundan xabardorlar.

O‘zbekistonda esa, hukumat mulozimlari qancha oylik olishlari va ularning biznes manba‘larini hech kim bilmaydi. Ya‘ni, odamlarda huquqiy savodxonlik yetarli emas.

Britaniyada yashayotgan asli o‘zbekistonlik tahlilchi Farhod Hazratqulov bilan suhbatni mana bu yerdan tinglang.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio