Milliy valyutani dastaklash nimani anglatadi?

Qozoq tangasini bundan keyin ham davlat tomonidan dastaklash mamlakatni qiyin ahvolga solib qo‘yishi mumkin edi Image copyright Reuters
Image caption Qozoq tangasini bundan keyin ham davlat tomonidan dastaklash mamlakatni qiyin ahvolga solib qo‘yishi mumkin edi

Tojikiston Markaziy Banki qozoq tangasining erkin holatga qo‘yib yuborilishi va qadrsizlanishi ortidan yuzaga kelgan xavotirlarni aritishga uringan.

Bank Tojikistonda milliy valyuta bilan bog‘liq qo‘rquvlar o‘rinsiz ekani va milliy valyuta - somoniyni barqaror ushlashga qodirligini ta‘kidlagan.

Qozoq tangasining 20 avgustdan boshlab davlat tomonidan dastaklashni to‘xtatilishi va erkin holatga qo‘yib yuborilishi mintaqadagi valyuta bozoriga ham ta‘sirini o‘tkazgan.

Qozog‘istondan iqtisodchi Saparboy Jubayev rivojlanayotgan davlatlar sarmoya muhitini ijobiy holatda ushlab turish uchun milliy valyutani ayrim hollarda dastaklashini aytadi.

Unga ko‘ra Markaziy bankdan sarflangan zahiradagi valyuta milliy valyutani bir me‘yorda ushlab turish uchun sarflanadi.

Biroq bunday amaliyotlarni oshirishga barcha davlatlar ham qodir emas.

Qozog‘iston neft va metall narxlari ko‘tarilgan vaqti yig‘ilgan mablag‘ining bir qismini tanganing mustahkamligi uchun sarflab keldi.

Lekin ushbu harajatlar ko‘payib ketganidan so‘ng hukumat uni to‘xtatishni va tangani erkin holatga o‘tganini ma‘lum qildi.

Iqtisodchi Saparbay Jubayevga ko‘ra, agar Qozog‘iston tangani dastaklash uchun milliy jamg‘armadan pullarni sarflashda davom etaverganida iqtisodi qiyin ahvolga tushib qolishi mumkin edi.

Saparbay Jubayev bilan qilgan suhbatimizni tinglang.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio