Ispaniya va Marokashda "radikal islomchilar" hibsga olindi

Image copyright

Ispaniya va Marokash qo‘shma amaliyot o‘tkazib, Islomiy Davlat jangari guruhi safiga ko‘ngillilarni yollash bilan shug‘ullanishda gumon qilingan 14 kishini hibsga olishdi.

Bir kishi Madrid yaqinida hibsga olingan, qolganlari esa Marokashning turli shaharlarida.

Hibsga olinganlar Suriya va Iroqda ID nazorati ostida bo‘lgan hududlarga jihodchilarni yo‘llash tarmog‘iga aloqadorlikda gumon qilinadi.

Juma kuni Ispaniyada yashab kelgan marokashlik kishi Frantsiyadagi poyezdda hujumni amalga oshirishga shaylanganida to‘xtatib qolingan va hibsga olingandi.

Image copyright AFP

Marokash shimolidagi Tetuan shahrida tug‘ilgan 25 yoshli Ayub al-Hazzaniy 2007 yilda Ispaniyaga ko‘chib kelib, Madrid va Alxesiras shaharlarida yashagan, so‘ngra Frantsiyaga ko‘chib o‘tgan.

U radikal Islomchilar bilan aloqadorlikda gumon qilinishi ortidan Ispaniyada "qora ro‘yxat"da turgan. Ispanlar bu ma‘lumotni Frantsiyaga 2014 yilda uzatganlar.

Ispaniyaning aksil-terror bo‘linmasi hozirda Suriya va Iroqdan qaytgan 800 nafarcha radikal islomchilar Ovro‘poda yashayotgani va hujum qilishga shay ekanliklarini ma‘lum qildi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio