Bayram: Odamlar o‘z tashvishlari bilan ovora

Respublika va viloyat miqyosidagi bayram tadbirlariga saralangan odam kiradi Image copyright gazeta.uz
Image caption Respublika va viloyat miqyosidagi bayram tadbirlariga saralangan odam kiradi

Mustaqillik bayrami arafasida Samarqand shahrida militsiya va jamoat vakillaridan tashkil topgan 6,5 ming kishi ishtirokida tozalash tadbirlari o‘tkazilgan.

Unda shaharda propiskasiz yashab yurgan odamlar va qidiruvdagi jinoyatchilar aniqlangan.

O‘zbekistonning tuman va viloyat markazlarida esa mustaqillik bayrami o‘tkazila boshlangan.

Kuzatuvchilar mustaqillik bayrami odatda xalqdan ajratilgan siyosiy va rasmiy bir bayramga aylanib qolganini aytishadi.

Viloyat markazlari va poytaxt Toshkentda televideniya uchun o‘tkaziladigan bayram tadbirlariga keng omma qo‘yilmaydi. Samarqandlik faol Xoliqnazar G‘aniyevdan u yashab turgan Jomboy tumanida bayram bo‘lib o‘tganini aytadi.

Tuman miqyosida o‘tkazilgan bayramda uning qo‘shnilari va qarindoshlari kabi oddiy odamlar ishtirok etgan.

Biroq ko‘pchilik odamlar bayram bilan emas, o‘z tashvishlari bilan yuribdi.

Xoliqnazar akaning aytishicha, u kabi nafaqaxo‘rlar "Keksalarni e‘zozlash yili"da nafaqalarning ortishini kutishgan, ammo bu narsa amalga oshmagan.

Shuning uchun ham ularga bayram tatimayapti.

Faolga ko‘ra, viloyat markazida tashkil qilinadigan bayramlarga esa oddiy odamlar qo‘yilmaydi. Bunday tadbirlarga tanlangan odamlar chaqiriladi va rasmiy ruhda bo‘lib o‘tadi.

Xoliqnazar G‘aniyev bilan suhbatimizni tinglang.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio