O‘zbek shou-biznesida sudlashishdan foyda bormi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Aktrisa Shahzoda Muhamedova shok.uz saytini uning obro‘sini to‘kuvchi maqola yozishda ayblagach, sayt xodimlari uni sudga berdi, deya xabar qilmoqda "Darakchi" gazetasi.

Aytilishicha, avvalroq Shahzoda Muhamedova saytda paydo bo‘lgan maqola uning ismini tilga olmagan bo‘lsa-da, uni nazarda tutganini aytib va uning sha‘niga dog‘ tushirganidan norozi bo‘lib saytni sudga bergan.

Uning g‘azabini qo‘zg‘agan maqolada u boshqa bir aktrisaning ajrashgan eriga "o‘ynash" bo‘lgani iddao qilingan.

"Takror aytamanki, saytga joylangan anonim maqolaning Shahzoda Muhamedovaga aloqador joyi yo‘q. Aktrisa nima uchundir bu maqola o‘zi haqida deb o‘ylayapti. Eng yomoni shundaki, aktrisa bizni eng beadab so‘zlar bilan haqoratladi", - deb aytgan sayt xodimi Oybek.

Sayt xodimi da‘vo qilishicha aktrisa maqola ortidan saytni telefon qo‘ng‘iroqlari va SMS orqali haqoratlagan.

O‘zbek shou-biznesi uchun bu kabi sudlashuvlar qanchalar odatiy hol? O‘zbekistonda "Darakchi", "Shov-shuv", "Sayyod" va boshqa shou-biznes saytlari san‘atkorlarning shaxsiy hayoti haqida cho‘chimay yozishlari sir emas.

Ammo, O‘zbekiston sudlari tuhmat yo asossiz xabarlar qurboni bo‘lgan san‘atkorlarni himoya qiladimi? BBC o‘zi ham o‘tmishda o‘z maqolasi uchun sud ishida ishtirok etgan shou-biznes jurnalisti, shov-shuv.uz sayti muharriri Jasur Hamroyevni suhbatga tortdi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio