Ozarbayjonda taniqli jurnalist 7,5 yilga qamaldi

Image copyright Azadliq Radiosu RFE RL

Ozarbayjon mahkamasi taniqli jurnalistni yetti yarim yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Boku mahkamasi Xadicha Ismoilovani noqonuniy pullarni o‘zlashtirish, qalloblik va soliqlardan bo‘yin tovlash kabi qator amallarda aybdor topdi. Mahkama undan sobiq hamkasbini o‘zini o‘ldirishga gij-gijlash borasidagi ayblovni olib tashlagan.

Xadicha Ismoilova Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev oilasiga aloqador bizneslar va ofshor bank hisoblari borasida jurnalistik tadiqiqotlar olib borgan.

Xalqaro inson haqlari tashkilotlari Ismoilova xonimning ustidan mahkama ortida siyosiy vajlar turganini aytishgan.

O‘tgan oy mamlakatda yana ikki nafar taniqli faol o‘xshash ayblovlar bilan ozodlikdan mahrum qilindi.

Leyla Yunus va uning turmush o‘rtog‘i Orifga sakkiz yarim yilgacha qamoq jazosi tayinlangan.

So‘nggi hukmga munosabat bildirarkan, Ovro‘po Kengashi Bosh kotibi Turbern Yagland kuzatilgan mahkama ishlarini bir-biriga bog‘lagan va bu inson haqlari faollari va jurnalistlar uchun "xavotirli trend" ekanini aytgan.

Yagland janoblari mazkur hodisalar "mamlakatdagi so‘z erkinligi uchun" o‘ta salbiy ta‘sir ko‘rsatishini ta‘kidlagan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio