"Ibodatxonalarni vayron qilish Islomga ziddir"

Image copyright Getty
Image caption Portlashdan avvalgi Beel ehromi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan oshkor etilgan sun‘iy yo‘ldoshdan olingan suratlarga qaralsa Palmiradagi Beel ehromi yakson qilingani ko‘rinadi.Yakson qiluvchilar o‘zlarini "Islomiy davlat" deb ataydigan guruhdir.

Avvalroq, Suriyada ayni ehrom portlatilganiga doir xabarlar tarqalgan edi.

UNESCO tomonidan Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Palmira vayronalari bugungi kunda "Islomiy davlat" nazorati ostida qolmoqda.

Asosan Suriya va Iroqda faoliyat olib boradigan "Islomiy davlat" qator davlatlarda, jumladan Rossiya va ayrim Markaziy Osiyo davlatlarida rasman terrorchi guruh deya taqiqlangan. BMT tomonidan bu vayronalar suratlari oshkor etilmasidan avval, Suriyaning qadimiy yodgorliklar uchun mas‘ul mulozimi Maamun Abdulkarim Beel ehromi mustahkam va qisman zararlangan bo‘lishi mumkin deb taxmin qilgandi.

Image copyright AFP
Image caption Portlashdan keyingi Beel ehromi

Beel ehromi 2 ming yillik tarixga ega.

Ammo, BMT oshkor etgan suratlarda bugungi kunda ehrom butunlay yakson bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Ayni vayronalarni hali hech bir mustaqil shaxs borib ko‘rmagan.

"Islomiy davlat" Suriya va Iroqdagi qator qadimiy yodgorliklarni vayron qilgan.

Palmirani bosib olishi bilan aksariyat mutaxasislar shaharning tarixiy yodgorliklari xavf ostida ekani haqida aytishgandi.

Ikki haftacha avval esa "Islomiy davlat" 81 yoshda bo‘lgan qadimshunos Xolid Asadning boshini tanasidan judo qilishgandi.

Xolid Asad butun umrini Palmira xarobalarini o‘rganishga baxshida etgan olim edi.

Islomda ibodatxonalar borasida nima deyiladi?

Afg‘onistondan din olimi Mavlaviy Asadullo Jamoliyga ko‘ra, "ibodatxonalarni vayron qilish Islomga ziddir".

Suhbatni tinglang:

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq