Zarvaraqlar: Cho‘lpon - Verxarndan

Image caption Cho‘lponning NKVD qamog‘ida olingan surati

Zarvaraqlar ruknimizda Cho‘lponning hali o‘zbek matbuotida e‘lon qilinmagan she‘rlaridan ba‘zilarini chop etmoqdamiz. Bugungi she‘r Cho‘lponning buyuk belgiyalik shoir Verxarnnning "Dengiz" she‘rining tarjimasi

Dengiz

Dengiz quturdi,

o‘rnidan turdi,

hovliqdi, yurdi,

zo‘r to‘lqinlarni

oldinga surdi, surdi, surdi

va qoyaga urdi.

U tentaklanib,

boshi aylanib,

qa‘ridan qaynab

va fe‘li aynab,

quloch otadi

shoshqin suvlardan

chang qo‘zg‘otadi.

O‘kurushlardan,

bo‘kurushlardan

va g‘uv-g‘uvlardan

sayha otadi...

1930 yil

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio