Toir Toirov: "Men olgan suratlarimni qaytarib berganman"

Image copyright none

O‘zbekiston televideniyesi "Axborot" ko‘rsatuvi Toshkent va Nukusdagi san‘at muzeylaridan qimmatbaho san‘at asarlari noqonuniy sotilgani haqidagi lavhasida bu ishlarga javobgar shaxslar sifatida bir necha odamning nomlari keltirilgan.

Ular orasida moskvalik kollektsiyachi Toir Toirov ham bor.

"Axborot" muxbiri O‘zbekiston Davlat san‘at muzeyi xodimini asosiy javobgar o‘laroq taqdim qilar ekan, u "qidiruvdagi Rossiya fuqarosi" Toir Toirovga 7ta kartinani "5100 dollarga" sotganini aytadi.

BBC Toir Toirovning o‘ziga bog‘lanib, bunday ayblovlardan xabaringiz bo‘ldimi, deb so‘radi.

"Kim biladi, ular ko‘p narsani ayb qilib qo‘yaveradi... Bilasizmi, butun dunyoda shunaqa odat bor, masalan, siz bir narsani sotib olasiz, keyin bu muzeydan olingan, deb bilasiz. Buni o‘sha zahoti topshirish kerak. Ko‘ngilli ravishda topshirilgan. Masalan, mendan so‘rashganda, "Men bu odamdan bir necha rasmlarni olganman, lekin qaytarib berganman", deganman.", deydi u.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Ko‘rsatuv

"Axborot" ko‘rsatuvi O‘zbekiston Davlat san‘at muzeyi va Nukusda joylashgan Savitskiy nomidagi muzeylaridan lavhalar namoyish etgan.

Lavhada u yerdagi xodimlar noyob suratlarni milliard-milliard so‘mga pullaganlari aytilgan.

Televideniye muxbirining xabar qilishicha, O‘zbekiston Davlat san‘at muzeyi qo‘riqchisi "umumiy hisobda 47 yarim milliard so‘mlik" kartinalarni o‘g‘irlagani hamda qalbakilashtirgan.

Xuddi shuningdek, lavhada Savitskiy nomidagi muzeydan ham tasvirlar namoyish etilgan va qimmabaho san‘at asarlar yo‘qolgani da‘vo qilingan.

Ayni o‘rinda mazkur qonunbuzarliklar ustidan jinoiy ish ochilgani aytildi.

Nukus muzeyi direktori ishdan olingandi

O‘tgan oy Qoraqalpog‘iston Madaniyat vazirligi muzey direktori Marinika Bobonazarovani to‘satdan ishdan bo‘shatgandi.

BBCga gapirgan Bobonazarova xonim o‘zining ishdan chetlatilishini "noqonuniy" deya qoralagan hamda bo‘shash to‘g‘risidagi arizasini bosim ostida yozganini aytgandi.

U o‘z qo‘li ostidagi kollektsiyadan qimmatbaho asarlarni o‘g‘irlagani va ularni soxtalari bilan almashtirgani borasidagi ayblovlarni "asossiz" va "bema‘ni" deya ta‘riflagandi.

Marinika Bobonazarovaning ishdan olinishi G‘arb matbuotini ham o‘ziga tortgan va ko‘plar bu amalni qoralab chiqishgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq