O‘zbek TV: "Muzeylardan noyob asarlar o‘g‘irlangan"

Image copyright none
Image caption Suratlar O‘zbekiston televideniyesi namoyish etgan lavhadan olindi

O‘zbekiston televideniyesi Milliy Xavfsizlik Qo‘mitasi Toshkent va Nukusdagi san‘at muzeylaridan qimmatbaho san‘at asarlari noqonuniy sotilganiga oid ishlarni aniqlagani borasida xabar bergan.

"Axborot" ko‘rsatuvi O‘zbekiston Davlat san‘at muzeyi va Nukusda joylashgan Savitskiy nomidagi muzeylaridan lavhalar namoyish etgan.

Lavhada u yerdagi xodimlar noyob suratlarni milliard-milliard so‘mga pullaganlari aytilgan.

Televideniye muxbirining xabar qilishicha, O‘zbekiston Davlat san‘at muzeyi qo‘riqchisi "umumiy hisobda 47 yarim milliard so‘mlik" kartinalarni o‘g‘irlagani hamda qalbakilashtirgan.

Xuddi shuningdek, lavhada Savitskiy nomidagi muzeydan ham tasvirlar namoyish etilgan va qimmabaho san‘at asarlar yo‘qolgani da‘vo qilingan.

Ayni o‘rinda mazkur qonunbuzarliklar ustidan jinoiy ish ochilib, muzey xodimlari jazolangani aytildi.

Image copyright none
Image caption Suratlar "Axborot" lavhasidan olindi

O‘tgan oy Qoraqalpog‘iston Madaniyat vazirligi muzey direktori Marinika Bobonazarovani to‘satdan ishdan bo‘shatgandi.

BBCga gapirgan Bobonazarova xonim o‘zining ishdan chetlatilishini "noqonuniy" deya qoralagan hamda bo‘shash to‘g‘risidagi arizasini bosim ostida yozganini aytgandi.

U o‘z qo‘li ostidagi kollektsiyadan qimmatbaho asarlarni o‘g‘irlagani va ularni soxtalari bilan almashtirgani borasidagi ayblovlarni "asossiz" va "bema‘ni" deya ta‘riflagandi.

Marinika Bobonazarovaning ishdan olinishi G‘arb matbuotini ham o‘ziga tortgan va ko‘plar bu amalni qoralab chiqishgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq