Zarvaraqlar: Cho‘lpon - "Turk salomi"

Image caption Cho‘lponning NKVD qamog‘ida olingan surati

Zarvaraqlar ruknimizda Cho‘lponning hali o‘zbek matbuotida e‘lon qilinmagan she‘rlaridan ba‘zilarini chop etmoqdamiz. Bugungi she‘r - "Turk salomi" deb atalib, shoirning e‘tiroficha Qafqosiyo turklariga bag‘ishlangan.

Turk salomi

*

Bir zamonlar turk avlodi hokim edi dunyoga,

endi mahkum bo‘ldi boshqalarga, bu nega?

Bir zamonlar turkning nomin har bir odam bilardi,

qaysi millat bo‘lsa bo‘lsin turkka zafar tilardi.

Chunki turkning shop qilichi tog‘u toshni kesardi,

mazlumlarga zulm qilg‘an "potsho"larni ezardi.

Turkning oti Osiyodan Ovrupaga chopardi,

mazlum ojiz xalqlarga to‘g‘ri yo‘llar ochardi.

Turk qozisi rishvat olmas, to‘g‘ri sovug‘ so‘rardi,

turk hokimi pullik esa pulsizni teng ko‘rardi.

Turk hoqoni.......

*************

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio