Suratdagi qochqin rostdan ham ID jangarisimi?

IDga qarshi kurashgan Lait Al Solihning surati noto‘g‘ri talqin qilingan Image copyright none
Image caption IDga qarshi kurashgan Lait Al Solihning surati noto‘g‘ri talqin qilingan

Facebook da go‘yoki Islomiy davlat jangarisining qochqin sifatida Ovro‘paga kirib kelayotganini "isbotlovchi" surat tarqalib ketgan. Ushbu bahs siyosatchilarning migrantlar orasida jangarilar ham kirib kelishi mumkin degan xavotirlarini yana o‘rtaga olib chiqqan.

Jangarilarning Suriya va boshqa mamlakatdan kelayotgan migrantlar oqimiga qo‘shilib Ovro‘paga singishi hukumat va ekspertlarni ko‘pdan beri xavotirga solib kelardi. Biroq migrantning go‘yoki o‘zini Islomiy davlat deb tanishtirayotgan guruh jangchisi ekanligini "isbotlovchi" virus surat ushbu xavotirlarni savol ostiga olgan.

Facebookdagi oldingi va keyingi holat aks etgan ikki rasm ma‘nosi birinchi qarashdanoq tushunarliga o‘xshaydi. Birinchisida harbiylarga xos kiyinib olgan soqolli erkak qo‘lida qurol ko‘tarib olgan. Ikkinchi rasmda esa unga juda o‘xshash erkak soqollarini qirtishlab olgan, futbolka kiyib orqasiga qora sumka taqib olgani aks etgan. Uning ostiga surat Makedoniya chegarasida olingani yozilgan.

Rasmlar ostiga "Bu yigitni eslayapsizmi? O‘tgan yili IShID suratlarida tushgandi - endi u "qochqin", - deyilgan va "Biz shunchalik go‘lmizmi yoki boshqa narsa!" - deb yozib qo‘yilgan.

Surat Facebook sahifasidan 70 mingdan ko‘p marotaba bo‘lishilgan va Twitter orqali ham yoyilgan. ko‘p mingdagi izohlarning qoldirilishiga asos bo‘lgan.

Islomiy davlat jangchilari yoki boshqa jangarilar migrantlar inqirozidagi tartibsizlikdan foydalanib Ovro‘pa davlatlariga sizib kirishi mumkinligi haqida rasmiylar tomonidan ko‘tarilib kelinadi.

ID mas‘ullari odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilar foydalanib keladigan O‘rta yer dengizi orqali jangarilarni Ovro‘paga yuborayotgani haqida maqtanib keladi, biroq ushbu da‘volarni isbotlash o‘ta qiyin.

Suratdagi qochqin IDga qarshi kurashgan jangari

Lekin ID jangarisi qochqin sifatida rasmga tushgan bo‘lsa, bunga ishonish qiyin. Chunki boshpana izlovchi sifatida uning shaxsiyati odatga ters ravishda yaxshi hujjatlashtirilgan.

Uning ismi Lait Al Solih va o‘tgan oyda u Associated Press xabar agentligi tomonidan tayyorlangan material qahramoni bo‘lgan. U Ozod Suriya armiyasi qo‘mondoni bo‘lganini va

fuqarolar urushidan oldin esa ona shahri Halabda suvoqchi bo‘lib ishlaganini aytgan.

"Shaharning 70 foizi vayron bo‘ldi... Suriyada Al Qoida meni qidirmoqda, ID, hukumat - men ularning hammasi bilan jang qildim. Menga farqi yo‘q. Ayrim odamlar qo‘rqishadi, men esa yo‘q", - degan edi u.

Tarqalib ketgan ikki surat AP hikoyasi chop qilinganidan so‘ng Atlantic web sahifasida montaj qilingan holda paydo bo‘ldi. Ushbu sahifada Solih "Suriya muxolifatining sobiq qo‘mondoni" sifatida taqdim qilindi. Rasmlar Twitter va Facebook aylana boshladi. Unda Solihning Suriya janglaridagi ishtiroki tushunarsiz bo‘lib bordi.

Suratlarning bir versiyasi ostidagi izohlarda Ovro‘paga oqib kelayotgan katta sondagi migrantlarni qanday taqsimlash borasidagi bahslardagi fikrlar ikkiga bo‘linganini ko‘rish mumkin.

So‘nggi kunlarda Britaniya va boshqa Ovro‘pa davlatlari ko‘proq suriyalik qochqinlarni qabul qilishini e‘lon qildi. Ushbu va‘dalarga ommaning fikrini keskin o‘zgartirgan 3 yoshli Aylan Kurdining jasadi aks etgan rasmlarning chop etilishi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Shunga qaramasdan Saudiya arabistoni va Quvayt kabi Fors ko‘rfazidagi boy davlatlar qochqinlarga boshpana bermaganligi uchun tanqid ostiga olingan.

"Siz tomoningizdan qo‘yilgan ushbu suratda ID bilan kurashgan jangari aks etgan. Nima uchun faktlarni bir chekkaga surib qo‘yib jasur odamlarni tarbiyasizlarning ta‘nalariga qoldiryapsiz", - deb yozdi foydalanuvchilardan biri surat ostiga.

Unga ikkinchisi shunday javob qoldirgan: "Ushbu odamning ID a‘zosi yoki emasligidan qat‘iy nazar, agar minglab bo‘lmasa, kamida yuzlab Islomiy ekstremistlar soxta qochqinlar orasida Ovro‘paga osonlik kirib kelayotganiga aminman".

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio