"350 so‘mlik tuxum aslida necha pul?"

Tuxum narxi qariyb ikki barobar qimmatlagan Image copyright Getty
Image caption Tuxum narxi qariyb ikki barobar qimmatlagan

O‘zbekistondan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, joylarda tuxum narxi 350 so‘m (14 tsent)dan 650 so‘m (26 tsent)gacha ko‘tarilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan rasmlarda odamlarning eski narxda sotish yo‘lga qo‘yilgan tuxum rastalari oldida navbatga turganini ko‘rish mumkin.

Ma‘muriy bosim tufayli savdogarlar rastalarga eski narxlarni qo‘yishga majbur bo‘layotgani, lekin sotuvda ko‘tarilgan bahosida berayotgani aytilmoqda.

Facebook dagi potrebitel.uz guruhida narx oshishi sabablari muhokama qilindi. Ayrimlar bunga dollar kursining qora bozordagi narxi ko‘tarilganini sabab qilgan, ba‘zilar bir nechta parrandachilik fermasining yopilishini, qolganlar esa Qurbon Hayit bayramining yaqinlashayotganini sabab qilib ko‘rsatgan.

Vais Mamedov shu mavzuda gapirar ekan "Odamlar, tuxumlarga nima balo bo‘ldi? Nimaga endi tuxum narxi buxanka nonniki bilan barobar?" - deydi.

"Voy tavba, balki Vazirlar Mahkamasiga arz qilish kerakdir? Shakar narxini qanday ushlab turishgan bo‘lsa tuxum narxini ham shunday ushlab turishsin", - deydi Yelena Dadajonova.

Foydalanuvchilar Toshkent viloyatidagi parrandachilik fermasidagi muammolar haqida ham yozishgan. Unda tovuqlarning kasallangani borasida aytilgan.

O‘zbekistondan olinayotgan xabarlarga ko‘ra, o‘tgan haftalarda Sog‘liqni saqlash vazirligi tarafidan mobil aloqa vositalariga ogohlantiruvchi SMSlar kelib tusha boshlagan.

Unda uy jonivorlarini zudlik bilan "qutirish" kassaligiga qarshi emlash iltimos qilingan, agarda kimdir o‘zini yomon his qilsa va bunda hayvonlarni aybdor deb bilsa zudlik bilan do‘xtirlar bilan uchrashish tavsiya qilingan.

Kuzatuvchilar O‘zbekistonda so‘nggi kunlarda narx navo ko‘tarilishi odamlarni sarosimaga solib qo‘yayotganini aytishmoqda.

"Go‘shtniku aytmaylik, eng arzon xalqning to‘yimli oqsilga boy, to‘yimli ovqati oddiy tuxumning narxi osmonga chiqib ketayapti. Shu paytgacha 400-450dan oshmagan tuxum ikki kunning ichida 600 dan 650 gacha ko‘tarildi. Bu esa oddiy xalq uchun og‘ir botayapti. Oziq –ovqatlar kun sayin oshaversa mamlakatning o‘ziga to‘q qatlami emas, oddiy xalq har xil kasalliklarga duchor bo‘la boshlaydi", - deydi Qarshidan huquqbon Gulshan Qorayeva.

O‘zbekistonda bungacha yoz mavsumida shakar narxining keskin oshishi kuzatilgan. Keyinchalik ushbu jarayonga davlat tomonidan aralashuv bo‘lganidan so‘ng, shakar narxining ko‘tarilishi bu yili kuzatilmagan.

Bozor talabidan kelib chiqib ko‘tariladigan go‘sht narxiga ham ma‘muriy aralashuvlar kuzatiladi.

Biroq rastaga arzon bahoni qo‘ygan qassoblar xaridorga go‘shtning qimmatlashgan asl narxini sotish hollari bo‘lgan.

Tuxum savdosida ham huddi shu holat kuzatilayotgani aytiladi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio