Ukraina bosh vaziri Yatsenyuk Chechenistonda urushganmi?

Image copyright AFP

Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk 1990-yillarda birinchi Checheniston urushida Rossiya qo‘shinlariga qarshi janglarda qatnashgani haqidagi bayonot katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin o‘zlarida Arseniy Yatsenyukning Rossiya armiyasiga qarshi urushgani haqida ma‘lumotlar borligi haqidagi bayonot bilan chiqdi.

Birinchi Chechen urushi deb nomlangan urushda chechen isyonchilari tarafida ukrain millatchilarining "Ukraina milliy assambleyasi-Ukraina xalq mudofaasi" - UNA-UNSO tashkiloti a‘zolari ishtirok etganlar.

Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari so‘zlariga ko‘ra, Yatsenyuk UNA-UNSO saflarida bo‘lgan.

"Tergov ma‘lumotlariga ko‘ra, Arseniy Yatsenyuk kamida ikki jangda, 1994 yil 31 dekabr kuni Grozniy shahridagi "Minutka" maydonidagi va 1995 yil fevralida Grozniy shahrining 9-shifoxonasi yonidagi janglarda, shuningdek, 1995 yil 7 yanvarida Grozniy shahrining Oktyabrskiy tumanida Rossiya armiyasi harbiylaridan iborat asirlarni qiynoqqa solish va otib tashlashda qatnashgan", deb aytgan Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin.

UNA-UNSO tashkiloti Rossiyada ekstremist tashkiloti deb e‘lon qilingan va taqiqlangan.

Chechen bo‘lginchilarining sobiq rahbarlaridan biri Ahmad Zakayev 1990-yillardagi urushda boshqa ukrain millatchilari bilan ko‘rishganini, biroq Arseniy Yutsenyukni ko‘rmaganini aytdi.

"Ayrimlarini biz urushdan keyin davlat mukofotlariga ham taqdim qilgan edik. Bu ukrainlarning kichik guruhi edi. Va ularning hammasi bizga tanish edi. Shuning uchun Yatsenyuk u yerda bo‘lmaganiga ishonchim komil", deb aytgan Ahmad Zakayev.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov aytishicha, Tergov qo‘mitasi bu boradagi tekshiruvni yakuniga yetkazmaguncha janob Bastrikin bayonotini sharhlashga shoshilmagan ma‘qul.

Ukraina bosh vaziri matbuot kotibi "janob Bastrikinning ruhiy salomatligini tekshirib ko‘rish"ni maslahat berib chiqqan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq