Makkadagi jome masjidida halokat

Image copyright EPA

Saudiya Arabistoni rasmiylarining ma‘lum qilishlaricha, Makkadagi jome masjidiga kranning qulab tushishi oqibatida halok bo‘lganlar soni hozircha 65 kishiga yetgan.

Rasmiylarning aytishlaricha, sodir bo‘lgan hodisada yana 80 kishi jarohatlangan.

Qurilish kranining qulab tushishiga nima sabab bo‘lgani hozircha ma‘lum emas, ammo hodisa yeridan olingan suratlardan ayon bo‘lishicha qizil rangdagi kran masjid tomini o‘pirib tushgan.

Hozirda mamlakat yillik Haj ziyoratiga hozirlik ko‘rmoqda.

Shu oyning oxirlarida Makkaga jahonning turli burchaklaridan yuz minglab musulmonlar kelishlari kutilmoqda.

Jome masjidini qayta qurish ishlari ancha vaqtdan beri davom etmoqda edi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio