Tojikiston hukumati: "General Nazarzoda o‘ldirildi"

Sentyabr oyi boshidagi hujum natijasida 9 nafar politsiyachi o‘ldirilgandi Image copyright AP
Image caption Sentyabr oyi boshidagi hujum natijasida 9 nafar politsiyachi o‘ldirilgandi

Ichki ishlar vazirligi isyonchi general Abduxalim Nazarzodaning o‘ldirilgani haqida ma‘lum qildi. Vazirlikka ko‘ra general bilan birga uning11 tarafdori Dushanbedan 130 chaqirim uzoqlikdagi Romit darasida yo‘q qilingan.

10 ga yaqin politsiya xodimining o‘limida ayblanayotgan sobiq mudofaa vazirining o‘rinbosari o‘limi haqida bundan oldin ham xabar berilgan edi. Biroq ushbu xabarlar rasman tasdiqlanmagandi.

Bir kun avval, 15 sentyabr kuni o‘tkazilgan amaliyot davomida 4 tojik askari o‘ldirilgani aytilgan edi.

Ularning biri Tojikiston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Alfa guruhi qo‘mondoni ekanligi xabar qilinmoqda.

Tojikiston prezidenti Imomali Rahg‘mon halok bo‘lgan harbiylarning oliasiga “chuqur hamdardligini” bildirgan.

15 sentyabr kuni Tojikiston maxsus kuchlariga tegishli tikuchar Romit darasidagi otishma natijasida shikastlangani aytilgandi.

Romit darasi general Nazarzoda guruhiga qarshi jang olib borilayotgan hududning bir qismiga kiradi. O‘qdan zararlangan bo‘lishiga qarmasdan tik uchar Vahdat tumaniga eson omon qo‘nib olgan.

Sentyabr oyining boshida poytaxt Dushanbe shahrida isyonchilar politsiya bilan to‘qnashgan.

Ularning 9 nafari o‘ldirilib 10 politsiyachi jarohatlagan edi. Tojikiston hukumati isyonkorlarni davlat to‘ntarishiga urinishda ayblab, ularga qarshi havodan va yerdan amaliyotlarni boshlagan.

Isyonkorlar Dushanbedan sharqqa qarab ketgan 60 chaqirim masofadagi Romit vodiysining tog‘li hududlaridan panoh topgani aytiladi.

Image caption Nazarzoda fuqarolar urushi davrida hukumatga qarshi kurashgan

Abduxalim Nazarzoda shu oy ishdan olingunga qadar Mudofaa vazirining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan. U xiyonat, terrorizm, sabotaj va ekstremistik guruh tuzishda ayblanmoqda.

Nazarzoda 1997 yili nihoyasiga yetgan fuqarolar urushi davomida Islomiy muxolifat bilan birga dunyoviy davlatga qarshi kurashgan edi. Kelishuv sobiq isyonkorlarni mudofaa vazirligiga ishga olishni nazarda tutgan.

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon qurolli hujumda aybdorlarni "munosib jazolashga" va‘da bergan.

Islomiy uyg‘onish partiyasi mas‘uli qo‘lga olindi

Tojikiston maxsus kuchlari 16 sentyabr kuni Islom uyg‘onish partiyasining o‘rinbosari Sayid Umar Husaynini Olma otaga uchib ketmoqchi bo‘layotganda qo‘lga olishgan.

Bu haqda BBCga gapirgan partiyaning yana bir o‘rinbosari Mahmadali Hayit partiyadoshi uchoqda o‘tirgan mahal qo‘lga olinganini va maxsus kuchlar tomonidan olib ketilganini aytgan.

Partiya rahbarlaridan Sayid Umar Husayni hamon hibsda ushlanib turilibdi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio