Chilidagi kuchli zilzila tsunamiga sabab bo‘lgan

Chilidagi kuchli zilzila boshqa davlatlarda tsunami xavfini keltirib chiqargan Image copyright Reuters
Image caption Chilidagi kuchli zilzila boshqa davlatlarda tsunami xavfini keltirib chiqargan

Chili markazida sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida kamida 3 kishi o‘lgan, 10 dan ortiq odam jarohat olgan.

Avvaliga 7,9 ball, keyinchalik 8,3 bal deya baholangan yer silkinishi poytaxt Santyagodan 232 chaqirim shimoliy g‘arbda ro‘y bergan. Zilzila markazi 10 chaqirim chuqurlikda ekanligi aytilmoqda.

Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 19:54 da ro‘y bergan.

Rasmiylar Chili, Peru, Havayi, Kaliforniyaning ayrim qismlari va hattoki Yangi Zelandiya qirg‘oqlarida tsunami xavfidan ogohlantirdi. Bir maktab o‘quvchilari evakuatsiya qilingan.

Image copyright AFP
Image caption Poytaxt Santyagoning ayrim turg‘unlari yangi silkinishlardan qo‘rqib ko‘chaga yugurishgan

Chili matbuoti Kokimbo shahriga yopirilgan 4-5 metrlik to‘lqin haqida xabar bermoqda.

Qattiq yer qimirlashidan so‘ng yana bir necha marotaba yer osti silkinishlari kuzatilgan.

Zilzila chililiklarning bir haftalik milliy bayramlariga tayyorgarlik ko‘rilayotganda sodir bo‘lgan. Xabar berilishicha, yer osti silkinishlari odamlar bayram nishonlash uchun sohillarga borgan vaqt ro‘y bergan.

Yer silkinishi Argentinaning bir necha bo‘lgalari va poytaxt Buenos-Ayresda ham kuzatilgan. Bir necha binoadagi odamlar tashqariga evakukatsiya qilingan.

Chili sayyoradagi eng seysmik faol mintaqalardan hisoblanadi. 2010 yilning fevral oyida Chili markaziy hududlarida ro‘y bergan 8,8 ballik zilzila natijasida 500 odam halok bo‘lgandi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio