Usoma Bin Lodin tan soqchisi Guantanamodan ozod qilindi

Image copyright AP

Pentagon xabar qilishicha, Usoma Bin Lodin tan soqchisi bo‘lgan Abdul Shalabini Guantanamo qamoqxonasidan chiqarib Saudiya Arabistoniga topshirgan.

39 yoshli Shalabi allaqachon Saudiyaga yetkazilgan.

Abdul Shalabi Pokiston harbiylari tomonidan 2001 yili qo‘lga olingan va AQSh harbiylari ixtiyoriga topshirilgan edi.

U 2002 yildan buyon Amerikaning Kubadagi Guantanamo hibsxonasida saqlanayotgan edi.

Hozirgi paytda Guantanamoda 114 tutqun qolgan, shulardan 52 nafarini boshqa mamlakatga o‘tkazishga qaror qilingan.

Abdul Shalabiga ayblov ilgari surilmagan.

Guantanamo tutqunlari taqdiri borasida qaror qabul qiladigan hay‘at Shalabini ortiq Guantanamoda ushlab turishning hojati yo‘q degan qarorga kelgan.

Ammo u haligacha ekstremistlarga moyilligini saqlab qolgan bo‘lishi mumkin, degan xulosa bergan tutqunlar ishini qayta ko‘rib chiqish hay‘ati.

Guantanamoda saqlangan 13 yillik tutqunlik paytida Abdul Shalabi o‘zining ayblovsiz tutib turilganiga qarshi uzoq muddatli ochlik e‘lon qilgan.

Shu yil aprel oyida Shalabi ishi ko‘rib chiqilgan mahkamada uning advokati Shalabi umrining qolgan qismini tinch-xotirjamlikda oilasi bilan o‘tkazishni xohlayotganini aytgan.

Shalabi ozod qilinishi shartlaridan biri u Saudiya Arabistonidagi reabilitatsiya dasturida ishtirok etishi talab qilinadi.

Prezident Barak Obama o‘z vakolati tugaydigan 2017 yilgacha Guantanamo qamoqxonasini yopishga qaror qilgan.

Lekin AQSh Kongressi Guantanamo bazasi yopilishiga qarshilik qilib keladi.

AQSh Mudofaa vazirligiga ko‘ra, o‘tgan hafta marokashlik Yunus Abdurahmon Chekkuri Marokashga o‘tkazilgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio