1500 o‘zbek, tojik va chechen jangarilari IDga qarshi birlashgan

Image copyright Reuters

Suriya Inson huquqlarini kuzatish markazi tarqatgan xabarga ko‘ra, 1500 ga yaqin sonda deb ko‘riladigan jangarini birlashtirgan "Jayshal Muhojirun al-Ansor" guruhi "Jabha Nusra" guruhiga qo‘shilgan.

"Jabha Nusra" guruhi a‘zolarining ham anchasini o‘zbeklar tashkil qiladi va "Al-Qoida"ning Suriya bo‘limi deb ko‘riladi.

Guruh tarkibining uchdan birini xorijliklar tashkil etadi, deb ko‘riladi.

Image copyright AFP

"Jabha Nusra" Bashar al-Assadning Suriya hukumat kuchlariga va "Islomiy Davlat" jangarilariga qarshi urushib kelayotgan guruhdir.

"Jayshal Muhojirun al-Ansor" guruhi asosan sobiq SSSR respublikalari fuqarolaridan tarkib topgan, ularning aksarini o‘zbeklar, tojiklar, chechenlar va uyg‘urlar tashkil etishi ma‘lum.

Tahlilchilarga ko‘ra, "Jayshal Muhojirun al-Ansor"ning "Jabha Nusra"ga bay‘at berishi jangarilarning Halab shahri atrofidagi mavqesini yanada kuchaytiradi.

Suriya Inson huquqlarini kuzatish markazi xabar qilishicha, "Jayshal Muhojirun al-Ansor" guruhining yangi rahbari deya "Abu Ibrohim al-Xurosoniy" e‘lon qilingan.

Guruhning oldingi rahbari Salohiddin Chechen yoki Salohiddin Shishaniy "Islomiy Davlat"ga qarshi jang qilishdan bosh tortgani uchun lavozimidan chetlatilgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio