Yaman: Qurbon Hayiti namozi nishonga olingan

Image copyright AP

Yaman poytaxti Sanoda Qurbon Hayiti namozi o‘qilayotgan paytda ro‘y bergan ikki portlashda kamida 15 inson halok bo‘lgan.

Sano hozir Shia Xusiy qabilasi isyonchilari nazorati ostida bo‘lib, portlash al-Baliliy masjidida ro‘y bergan.

Guvohlarga ko‘ra, dastlab xudkush hujumchi o‘zini masjidning ichkarisida portlatgan.

Ibodatchilar tashqariga otilgan paytda masjid eshigi oldida ikkinchi xudkush hujumchi o‘zini portlatgani xabar qilinmoqda.

Baliliy masjida Sanodagi politsiya akademiyasiga yaqin joylashgan.

Ayrim xabarlarda masjiddagi portlashda halok bo‘lganlar soni ko‘pligi, shuningdek, ko‘plab insonlar jarohatlangani aytilmoqda.

So‘nggi hujum uchun mas‘uliyatni hech kim olmagan.

Biroq bundan oldin Xusiy qabilasi jangarilariga qarshi hujumlarni "Islomiy Davlat" sodir etganini xabar qilgan.

Musulmonlar bayrami kunidagi portlashlar Yamanni tark etishga majbur bo‘lgan Prezident Abdurabbuh Mansur Hodiy vataniga qaytganidan ikki kun o‘tib sodir etilgan.

Yamanning ancha hududini nazorat qilayotgan Xusiy qabilasiga qarshi Saudiya Arabistoni yetakchiligida Arab harbiy koalitsiyasi barpo etilgan, shu yil martidan boshlab koalitsiya havo hujumlarini uyushtirib kelmoqda.

BMTga ko‘ra, havo hujumlari oqibatida qariyb 4900 inson halok bo‘lgan, shulardan 2200 nafari tinch fuqarolardir.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio