FIFA prezidenti Blatterga qarshi jinoiy ish ochildi

Image copyright Other

FIFA Prezidenti Zepp Blatterga qarshi rasman jinoiy ish ochildi. Bu haqda shveytsariyalik mas‘ullar e‘lon qilgan. Shveytsariya Bosh prokuratura idorasining ma‘lum qilishicha, Zepp Blatter nobop boshqaruv gumoni bilan so‘roq qilinmoqda.

Sal oldinroq FIFAning Tsyurixdagi bosh qarorgohi matbuot anjumanini bekor qilgan.

Shveytsariya Bosh prokuraturasining xabar berishicha, Blatter 2005 yili Karib dengizi hafzasi davlatlari futbol ittifoqi (KONKAKAF) bilan FIFA uchun mutlaq foydasiz shartnoma imzolagan.

"FIFA prezidenti Zepp Blatterga nisbatan jinoiy ish 2015 yilning 24 sentyabr kuni ochildi. U jinoiy mas‘uliyatsizlik va o‘zlashtirishda gumon qilinmoqda", - deyiladi Shveytsariya prokuraturasi xabarida.

Prokuraturaning bildirishicha, "Zepp Blatter UEFA prezidenti Mishel Platiniga 1999 yil yanvardan 2002 yil iyun oylarigacha qilgan ishi uchun FIFA hisobidan noqonuniy ravishda 2 million shveytsar franki (2,04 million AQSh dollar) o‘tkazib berishda gumonlanmoqda. Ushbu to‘lov 2011 yilning fevral oyida amalga oshirilgan".

Zepp Blatter ayni damda Tsyurixda prokuratura xodimlariga ko‘rsatma bermoqda.

FIFAdagi korruptsiya bilan bog‘liq mojarolar sabab shu yilning 29 may kuni prezidentlikka qayta saylangan Zepp Blatter iste‘foga chiqishini ma‘lum qilgandi.

Keyinchalik u iste‘fo bermaganini aytib chiqqan.

"Men iste‘fo berganim yo‘q. Faqat o‘zim va idoramni FIFA kongressi qo‘liga topshirdim", - deb aytgan u.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq