Gulchehra Jamilova: "Otabek O‘lmas Alixo‘jayevda mujassam edi"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

O‘zbek kino san‘atining yorqin namoyandalaridan, O‘zbekiston Xalq artisti O‘lmas Alixo‘jayev 74 yoshida Toshkentdagi shifoxonada olamdan o‘tgan.

O‘lmas Alixo‘jayev bosh rollarni ijro etgan "O‘tgan kunlar" va "Olovli yo‘llar" filmlari o‘zbek kinosining oltin fondidan o‘rin olgan.

Aktyor talqinidagi Otabek va Hamza Hakimzoda Niyoziy obrazlari o‘zbek tomoshabinlarining olqishlariga sazovor bo‘lgan.

17 qismli "Olovli yo‘llar" filmi O‘lmas Alixo‘jayevni butun sho‘rolar ittifoqiga mashhur qilgan edi.

O‘lmas Alixo‘jayev 1941 yilda Xorazm viloyatining Urgench shahrida tug‘ilgan.

1964 yilda Toshkent Teatr va rassomlik san‘ati institutining aktyorlik bo‘limini tugatgan.

Aktyorlik faoliyatini 1962 yilda "Abdulla Nabiyev" badiiy filmida Abdulla Nabiyev rolidan boshlagan.

"O‘tgan kunlar" filmida Kumush rolini ijro etgan O‘zbekiston Xalq artisti Gulchehra Jamilovaning aytishicha, O‘lmas Alixo‘jayev ijro etgan rollarning muvaffaqiyati uning inson sifatidagi o‘z xarakteri va tabiatida edi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio