Amudaryoga yaqin Qunduz Tolibon qo‘liga o‘tdi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Afg‘onistonning Markaziy Osiyoga yaqin yirik shaharlaridan biri - Qunduz Tolibon qo‘liga o‘tgan.

Kobul hukumati strategik muhim bu shaharni jangarilardan qaytarib olish maqsadida amaliyotlar boshlamoqda.

Ammo Tolibon shahar qamoqxonasidagi aksar jangarilardan iborat yuzlab mahbusni ozod qilgan.

Qunduz nafaqat muhim yo‘llarni nazorat qilish bobida ahamiyatga molik, balki Amudaryoga eng yaqin katta shahardir.

Bu yerdan Markaziy Osiyoga o‘tish ham oson.

Aksar pashtunlar va o‘zbeklar yashovchi Qunduzda Tolibonga xayrixoh odamlar ham oz emasligi aytiladi.

Shu bois Tolibon har doim Qunduzni o‘zining shimoldagi tayanch nuqtasi bilib kelgan.

O‘zbekiston Islomiy Harakati jangarilari ham o‘z paytida ayni shu shaharda qo‘nim va boshpana topgandilar.

Qunduzning Tolibon qo‘liga o‘tishi esa, Afg‘onistonning Amudaryo bo‘yidagi shimoliy mintaqalarida Tolibon jangarilari qanchalik faolligini ham ko‘rsatadi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq