O‘zbeklar kim uchun ovoz beradi?

Image copyright n

So‘nggi raqamlarga ko‘ra, o‘zbek millatiga mansub saylovchilar umumiy Qirg‘iziston elektoratida 14 foizni tashkil etadi.

Qirg‘izistonlik o‘zbek saylovchilarining ovoz berishlari qanchalik ahamiyatli?

O‘shlik jurnalist Shohruh Soipovning aytishicha, mamlkatdagi o‘zbeklarning qaysi nomzod uchun ovoz berishlari hozircha noaniqligicha qolmoqda.

"Umuman olganda, o‘zbeklar o‘z haq-huqularini himoya qiluvchi, mamlakat parlamentida ular nomidan gapirib, o‘zlarining manfaatlarini muhofaza qiluvchi aniq bir nomzodni ko‘ra olmayaptilar", deydi u.

Biroq saylovda ishtirok etayotgan 14 partiyaning barchasi o‘zbek jamoasining ovozini qo‘lga kiritish maqsadida turli tadbirlarga qo‘l urganlar.

Xususan, besh yil oldin etnik zo‘ravonliklar sahnasi bo‘lgan Qirg‘iziston janubida o‘zbek saylovchilarining dastagiga erishish uchun nomzodlar "maishiy tadbirlarni o‘tkazish, kimgadir yordam berish va kimnidir pulga sotib olish"ga urinmoqdalar.

Shohruh Soipov bilan suhbatni tinglang.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio