Qunduzdagi janglar O‘zbekistonga tahdid soladimi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Olmoniyaning O‘zbekistondagi elchisi Naytxart Xyofer-Vissingga ko‘ra, Afg‘onistondagi joriy xavotirli vaziyat O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid solmaydi.

Ammo CA-NEWS nashriga gapirgan olmon diplomatining aytishicha, g‘arb davlatlarining harbiy ishtiroki qisqarishi ortidan Afg‘onistonda yangicha vaziyat yuzaga kelmoqda.

Janob Vissing Olmoniyaning Termezdagi harbiylari yana qancha muddat qolishi va o‘zbek hukumati bilan bu boradagi kelishuvning tafsilotlarini oshkor etishdan bosh tortgan.

Rasmiy Toshkent hozirgacha Qunduzdagi voqealar yuzasidan hech qanday bayonot bermagan.

Ammo Prezident Karimov g‘arb kuchlari chiqib ketgach, Afg‘onistondagi vaziyatning yomonlashishidan xavotir izhor qilib keladi.

Afg‘on hukumati Qunduzni qaytarib olganini aytgan, ammo eng so‘nggi xabarlarga ko‘ra, u yerda janglar hanuz davom etmoqda.

Xo‘sh, O‘zbekiston voqealarni qanchalik xavotir bilan kuzatmoqda?

Biz ushbu savolni Toshkentdan mustaqil siyosatshunos Farhod Tolipovga berdik.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio