Afg‘onistonda uchoq quladi

Image copyright none

Qunduzda janglar davom etayotgan bir paytda Qo‘shma Shtatlar harbiyligi Afg‘oniston sharqida o‘z uchoqlari halokatga uchragani va kamida 11 inson nobud bo‘lgani haqida xabar qildi.

Halokat payshanba kechasi Jalolobod aeroportida sodir bo‘lgan.

Amerika Armiyasi polkovnigi Brayn Tribus Frans-Press axborot agentligiga hayotdan ko‘z yumganlardan 6 nafari AQSh harbiylari, qolganlar shartnoma asosida ishlayotgan fuqarolar ekanini aytadi.

Hercules C-130 harbiy uchog‘i boshida qo‘shinlar va og‘ir yuklarni tashishda foydalanilgan.

Tolibon voizi Zabihullo Mujohid Twitterda uchoqni toliblar urib tushirishganini yozgan. Ammo, xabar agentliklariga ko‘ra, bu kabi hujum alomatlari ko‘rinmaydi.

Amerika harbiyligining bildirishicha, hodisa yuzasidan tekshiruv bormoqda.

Uchoq halokati Amerika harbiylari shimoldagi Qunduz shahrini Tolibon qo‘lidan qaytarib olishga qaratilgan amaliyotlarda afg‘on kuchlariga dastak berayotgan bir paytda kuzatildi.

Aksar AQSh qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqib ketilgan. Ammo, joriy yil qurolli kuchlarni bosqichma-bosqich olib chiqib ketish rejasiga o‘zgarish kirilgani ortidan 10,000ga askar ortga qoldirilgan.

Image copyright

Prezident Obama 2016 yil oxiriga qadar Afg‘onistonda kichik sondagi qo‘shinni qoldirishga va‘da bergandi.

NATOning aytishicha, 1,000ga yaqin xorijiy kuchlar Afg‘oniston sharqida joylashtirilgan. Ular Afg‘onistonning 40,000lik qurolli qo‘shinlari bilan birga ishlashmoqda.

Ayni paytda shimoliy Qunduz nazorati uchun janglar davom etayotgani xabar qilinadi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio