Britaniya Ali al-Nimrni qatl etmaslikka chaqirdi

Image copyright none

Britaniya Saudiya Arabistonini aksil-hukumat namoyishlari bo‘yicha o‘limga hukm qilingan shia musulmonini qatl etmaslikka chaqirdi.

Bosh vazir Devid Kamerun aksar shialar istiqomat qiluvchi Qatif viloyatidan bo‘lgan Ali Muhammad al-Nimrning ishi bo‘yicha tashvish izhor qilgan.

Ali Muhammad al-Nimr 2011 yil mamlakat sharqida bo‘lib o‘tgan norozilik chiqishlarida ishtirok etgan.

U 2011 yilning o‘zida 17 yoshida isyon, ommani hukumatga qarshi qo‘zg‘ash, xavfsizlik kuchlariga qarshi qo‘lbola bombalar qo‘llash, dorixonani o‘marish kabi qator jinoyatlarda ayblanib hibsga olingandi.

18 yoshida Ali Muhammad al-Nimr o‘lim jazosiga hukm qilingan. Aytilishicha, uning boshi tanasidan judo qilinadi.

Saudiya Arabistonida bundan qatldan so‘ng mahkumning boshsiz tanasi ommaga namoyish qilinadi.

Xalqaro qonunlar (aniq aytilsa, BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konventsiyasi)ga binoan dunyo davlatlari 18ga to‘lmaganlarga jazo belgilashi mumkin emas.

Ammo, Saudiya qonunlariga ko‘ra, agar bolada balog‘at yoshi belgilari bo‘lsa, 18ga kirmasdan turib ham mahkamaga tortish va o‘limga hukm qilish mumkin.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio