Telefonlaringiz yo-da, bosgan qadamingiz josuslar qo‘lidami?

Image caption Snouden Panorama jurnalistlari bilan Moskvada uchrashgan

AQSh josuslik xizmatining sobiq xodimi Edvard Snouden smartfon xavfsizlik xizmatlari tomonidan "to‘la nazorat" qilinishi, foydalanuvchilar buni to‘xtatishga ojiz ekanlarini aytgan.

Edvard Snoudenning BBC Panorama dasturi bilan suhbatda aytishicha, Britaniya hukumat aloqalari markazi (GCHQ) telefon egalarining xabarisiz shaxsiy ma‘lumotlarni o‘g‘irlash qudratiga ega.

Snouden janoblari qo‘l telefonlariga shirflangan SMS jo‘natish bilan kira oladi. Unga ko‘ra, bunday yo‘l bilan suratlar olish va telefon muloqotlarini tinglash imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin.

Britaniya hukumat Edvard Snoudenning da‘volariga izoh bermagan.

"O‘zgalar ishiga burun tiquvchi Smurflar"

Image copyright GCHQ
Image caption Britaniya hukumat aloqalari markazi (GCHQ)

Amerika josuslik xizmatining sobiq xodimi Snouden Panorama jurnalistlari bilan Moskvada uchrashgan.

U 2013 yil AQSh Milliy Xavfsizlik Agentligi (NSA) Internet va telefon aloqalarini qanchalar nazorat qilgani haqidagi tafsilotlarni matbuotga chiqarishi ortidan Rossiyaga qochib borgandi.

Edvard Snouden Britaniya hukumat aloqalari markazi (GCHQ) yo-da, Amerika Milliy Xavfsizlik Agentligi (NSA) fuqarolarning shaxsiy muloqotlarini yoppasiga kuzatadimi yo‘qligi haqida gapirmagan, ammo har ikki agentlik smartfonlarga kirish imkonini beruvchi texnologiyalar bilan yaxshi qurollanganini aytgan.

"Ular sizni o‘zingizdan ko‘ra telefoningizga ega bo‘lishni istashadi", deydi Snouden.

Unga ko‘ra, Britaniya hukumat aloqalari markazining ushbu dasturi multilm qahramonlari Smurflar nomidan olinganini aytgan.

"Xayolparast Smurf sizning telefoningizni o‘zingiz bilmagan holda o‘chirib yoqish qudratiga ega bo‘lgan uskunadir", deydi u.

Unga ko‘ra, "boshqalarning ishiga burnini suqadigan "Qiziquvchan Smurf" cho‘ntakdagi telefon mikrafonini yoqib, atrofda kechayotgan muloqotlarni eshita oladi. "... hatto, telefoningiz o‘chirilgan bo‘lsa ham. Chunki, ularda telefonni ochish uchun boshqa uskunalar bor", deya qo‘shimcha qilgan Edvard Snouden.

Uning aytishicha, "Axtaruvchi Smurf" Britaniya hukumat aloqalari markazi (GCHQ)ga geografik joyni yanada aniq bilish imkonini beradi.

Image copyright Reuters
Image caption Smurflar

"Bosgan qadamingiz to‘la nazoratda"

Edvard Snouden Paranoyya Smurf uskunasi haqida ham gapiradi. Unga ko‘ra, bu telefondagi g‘ayrioddiy texnik holat sezib qolingan taqdirda himoyalanishda foydalaniladigan qurulmadir. Snouden uni "himoya sovuti" deya ta‘riflaydi.

Janob Snoudenga ko‘ra, agentlik qo‘l telefoniga kirib olganidan keyin "qo‘ng‘iroqlaringiz, SMSlar, internetda ochgan sahifalaringiz, kontaktlar, borgan joyingiz, siz ulangan simsiz aloqa tizimlari" barcha-barchani kuzatishi mumkin.

"Va ular bundan ko‘proq ishni ham qila oladilar. Ularni sizni rasmga ham olishlari mumkin".

Edvard Snoudenning tushuntirishicha, smartfonga kirish uchun jo‘natilgan SMSni qo‘l telefon egasi sezmaydi ham. Ya‘ni, maxsus shirflangan maktub telefonga yashirin tarzda keladi.

"Bu "ekspluatatsiya" deb ataladi... Siz bunga (telefonga) pul to‘lagansiz, ammo kimki software (dasturiy ta‘minot)ni nazorat qilsa, telefonga o‘sha egalik qiladi", deydi u.

Britaniya hukumat aloqalari markazi (GCHQ) va AQSh Milliy Xavfsizlik Agentligi (NSA) o‘rtasidagi munosabatlarga to‘xtalar ekan, Britaniya agentligini Amerika josuslik xizmati filiali deya ta‘riflaydi.

Uning aytishicha, AQSh Milliy Xavfsizlik Agentligi texnologiya bilan ta‘minlaydi, vazifa va yo‘nalishni belgilaydi

Tushunilishicha, Amerika josuslik xizmati ham Smurflarga o‘xshash dasturga ega. Xabarlarga ko‘ra, smartfonlardan foydalanayotgan terrorchilarga qarshi kurashish uchun 1 milliard dollar sarflagan.

Britaniya hukumati voizi o‘z bayonotida josuslik masalalarida izoh berilmasligi va bu "uzoq yillik siyosat" ekanini aytgan.

Unga ko‘ra, Britaniya hukumat aloqalari markazi (GCHQ)ning barcha ishi qat‘iy qonun doirasida kechadi.

Hukumat janob Snouden josuslik agentliklarining milliy xavfsizlik tahdidlariga qarshi kurashiga jiddiy ziyon yetkazganiga ishonadi.

Edvard Snouden esa, omma manfaatlariga muvofiq ish tutganini ta‘kidlaydi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq