Suriyalik qochqinlar Ovro‘poga ketish uchun vatanga qaytmoqda

Image copyright EPA
Image caption Ko‘p suriyaliklar Iordaniyada qashshoqlikda yashashadi

Iordaniyada yashab kelayotgan tobora ko‘p suriyalik qochqinlar vatanlariga qaytishmoqda. Bu haqida BMTning qochqinlar bo‘yicha agentligi xabar tarqatdi.

Avgust oyining o‘zida kamida 4 ming qochqin Suriyaga qaytgan. Bu iyuldagi ko‘rsatkichlariga solishtirilsa, ikki baravar ko‘pdir.

BMTga ko‘ra, ularning ba‘zilari vatanda qolib yashashni istashadi, qolganlari esa Suriyadagi mol-mulkini sotib Ovro‘poga yo‘l olishmoqchi.

Agentlik bildirishicha, Iordaniyadagi suriyaliklarning 86 foizi qashshoqlikda, ya‘ni kuniga 3,20 dollarga yashab kelishmoqda.

"Ular na uy-joyga ega bo‘la oladilar, na oilalarini oziq-ovqat bilan ta‘minlay oladilar yo na farzandlarini maktabga joylashtira oladilar. Ularning ahvoli borgan sari yomonlashmoqda", - dedi Norvegiya qochqinlar kengashining Iordaniyadagi idorasi xodimi Keyt Osborn BBCga.

Sentyabr oyida har kuni o‘rtacha hisobda 100 qochqin Suriyaga qaytgan. Avsgustda bu ko‘rsatkich 120, iyulda esa 60 edi.

Image copyright Reuters

BMT qochqinlar agentligi o‘z ma‘lumotini ko‘plab qochqinlar Suriyaga otlanuvchi avtobuslarga chiqadigan Zaatari qochqinlar lageridagi bekatdan to‘plagan.

"Ko‘p odamlar bizga Suriyaga qaytib mol-mulklarini sotish orqali Ovro‘poga yo‘l olishga pul yig‘ishni istashlarini aytishadi", - dedi Osborn xonim.

Shuningdek, Norvegiya qochqinlar kengashiga ko‘ra, Iordaniyadagi yuzlab suriyaliklar Ovro‘poga darvoza deb ko‘riluvchi Istanbulga parvoz qilishmoqda.

Iordaniyadagi suriyaliklarning ketishlari insonparvarlik ko‘maklarining kesilishi manzarasida yuz bermoqda. O‘tgan oy Jahon oziq-ovqat dasturi pul yetishmayotgani tufayli 229 ming suriyalik qochqinga ovqat talonlarini berishni to‘xtatdi.

"Agar ular himoya va umid yo‘qligini sezsalar, albatta o‘z taqdirlarini o‘zlari hal qilishga qaror qiladilar", - dedi BMT qochqinlar agentligining Iordaniyadagi idorasi rahbari Andryu Harper.

Livan, Iordaniya, Turkiya, Iroq va Mirsda 4 milliondan ortiq suriyalik qochqinlar bor.

BMT qochqinlar agentligi ularga yordam berish uchun zarur bo‘lgan pul miqdorining faqat uchdan birini qabul qilganini aytadi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio