Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

"O‘zbekiston hukumati uchun bu qaror katta tarsaki bo‘ldi!"

Jahon bo‘ylab qiynoq qurbonlari uchun adolat izlayotgan REDRESS va Inson Huquqlari Xalqaro Federatsiyasi tashkilotlari BMT Inson huquqlari qo‘mitasi qarori munosabati bilan qo‘shma press-reliz e‘lon qilganlar.

Ushbu qo‘shma bayonotda aytilishicha, Mo‘‘tabar Tojiboyevaga yetkazilgan jiddiy ruhiy va jismoniy zarar yuzasidan ular BMTga ikki yil muqaddam shikoyat yuborganlar.

Xalqaro tashkilotlar 6 oktyabr kuni BMT Inson huquqlari qo‘mitasidan O‘zbekiston hukumatiga nisbatan chiqargan xulosani qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lganlar.

BMTning talablari - rasmiy tekshiruv o‘tkazish, qo‘llanilgan qiynoqlar uchun mas‘ullarni javobgarlikka tortish, Mo‘‘tabar Tojiboyevaga munosib tovon pulini to‘lash bilan birga ushbu talablarni bajarish uchun O‘zbek rasmiylariga 180 kun muddat ham belgillangan.

Mazkur qarorga o‘z munosabatini bildirar ekan, Mo‘‘tabar Tojiboyeva "BMT chiqargan xulosa meni juda ham xursand qildi...Bu xulosa O‘zbekistondagi siyosiy mahkumlarning taqdiriga yana bir bor e‘tibor qaratish uchun bir misol bo‘ldi" deb aytdi.

Mu‘tabar Tojiboyeva bilan suhbat.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio