NATO muhokamasida Rossiyaning Suriyadagi harbiy hozirligi

Image copyright AP

NATOga a‘zo mamlakatlar mudofaa vazirlari Bryusselda majlisga to‘planmoqdalar, Rossiyaning Suriya mojarosidagi harbiy ishtiroki tobora ortib borayotgani kun tartibidagi asosiy masala bo‘ladi deb kutilmoqda.

NATO yig‘ilishi tashkilotga a‘zo Turkiyaning o‘z havo hududini Rossiya harbiy uchoqlari buzgani haqidagi e‘loni ortidan chaqirildi.

7 oktyabr kuni Rossiyaning Kaspiy dengizidagi harbiy kemalari Suriya Prezidenti Bashar al-Assadni dastaklash maqsadida raketa hujumlari ham uyushtirdi.

Pentagon Rossiya havo hujumlarining 90 foizi "Islomiy Davlat" yoki "Al-Qoida"ga aloqador jangari guruhlar mavqelariga emas, G‘arb dastaklayotgan Suriya hukumati muxolifati jangchilariga qarshi qaratilgan, deb chiqdi.

Moskva bu ayblovlarni rad etadi.

BBCning mudofaa masalalari bo‘yicha muxbiri Jonatan Markus aytishicha, NATOning Bryusseldagi so‘nggi uchrashuvidan ko‘zlangan maqsad, NATO o‘ziga qarshi har qanday chaqiriq yoki qarshilikka javob qaytarishga tayyorligini namoyish etmoqchi.

6 sentyabr kuni NATO Bosh kotibi Yyens Stoltenberg, shimoliy ittifoq "Rossiyaning Suriyadagi kuchli va ortib borayotgan harbiy hozirligi borasida xavotirda" ekanini aytdi.

NATO bosh kotibi Rossiyani "Islomiy Davlat"ga qarshi kurashda "konstruktiv va hamkorlik rolini o‘ynashga" va Prezident Assadni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga chaqirgan.

NATO mudofaa vazirlari majlisda Turkiya bilan birdam ekanlarini izhor etishlari kutilmoqda.

Shuningdek, bu yig‘ilishda Rossiyaning Ukraina mojarosidagi ishtiroki tufayli NATO Boltiqbo‘yidagi a‘zo mamlakatlarida yuzaga kelgan xavotir masalasini muhokamaga qo‘yilishi ham xabar qilingan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio