Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Edvard Snouden: Quyun girdobidagi odam

Edvard Snouden - AQSh Milliy Xavfsizlik Agentligi (NSA)ning sobiq tahlilchisi. U ilk bor o‘ta katta hajmdagi maxfiy ma‘lumotlarni matbuotga oshkor qilish amaliga mas‘ul shaxs ham.

Rossiya unga boshpana bergan. Amerika uni qaytarishni istaydi. Snouden qo‘l urgan ish bo‘yicha qarashlar keskin ikkiga bo‘lingan.

Qo‘shma Shtatlar va Britaniya josuslik agentliklari va ularning hukumatlari Snoudenni milliy xavfsizlikni xatar ostiga qo‘ygan xoin deb bilishadi.

AQSh Milliy Xavfsizlik Agentligining sobiq direktori Maykl Hayden: "U o‘z qasami, hamkasblari, o‘z idorasi hamda vatanining Josuslik Xizmatiga xiyonat qildi", deydi.

London politsiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Mark Rouli ham bu fikrga qo‘shiladi: "Edvard Snouden ommani himoya qilish va qutqarish imkoniyatlarimizga putur yetkazdi...".

Boshqa tomon esa, mutlaq o‘zgacha fikrda.

Shaxsiy daxlsiz himoyasini targ‘ib qiluvchi xalqaro tashkilot Privacy International xodimi Erik King: "U qahramon. Men uchun u nima qilgan bo‘lsa, jamoatchilik manfaati uchun qilgani aniq. U sirlarni xorij hukumatiga sotgani yo‘q".

Xolis ovozlardan biri esa, Buyuk Britaniya hukumatining terrorchilikka oid qonunini mustaqil tahlilchisi Devid Andersondir.

"Edvard Snouden ushbu mamlakatning o‘zini muhofaza qilish imkoniyatlariga putur yetkazdi, ammo shu bilan birga u, bu kabi josuslik aralashuvi imkoniyatlari ochiq muhokama etilishi va qonunan tartibga solinishi yo‘lida xizmat qildi".

Xullas, Edvard Snouden shaxsiy hayot daxlsizligi va milliy xavfsizlikka oid bahsu munozaralarni yangi bosqichga ko‘tardi.

Britaniya parlamenti bir necha haftadan keyin josuslik agentliklarining fuqarolarni poylash faoliyatini tartibga soluvchi Tergov va Josuslikka doir qonun muhokamasini boshlaydi.

Ayni mana shu muhokama bahonasida manzarasida BBC Panorama dasturi quyun girdobida qolgan inson bilan uchrashishga qaror qilgan.

Dastur muallifi Piter Teylor: "Tomoshabinlar o‘zlari qaror beradilar, deb o‘yladik", deydi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio