Iroq: "Uchoqlarimiz Bag‘dodiy karvonini urdi"

Bag‘dodiyning o‘ldirilgani yoki jiddiy yaralangani haqida xabarlar bundan oldin ham chiqqan Image copyright AP
Image caption Bag‘dodiyning o‘ldirilgani yoki jiddiy yaralangani haqida xabarlar bundan oldin ham chiqqan

Iroq harbiylari chiqargan bayonotda aytilishicha, o‘zini Islomiy Davlat deya tanishtiruvchi guruh rahbari Abu Bakr al Bag‘dodiy ketayotgan mashinalar karvoni havodan o‘qqa tutilgan.

Unda aytilishicha, ID rahbarining taqdiri noma‘lum.

Hujumni boshqa mustaqil manbalar hozircha tasdiqlagani yo‘q.

Havo hujumlari Iroq g‘arbidagi Anbar viloyati hududida amalga oshirilgani aytilmoqda.

ID rahbarining hujumlar natijasida o‘ldirilgani yoki jiddiy jarohatlangani haqida bundan oldin ham xabarlar chiqqan. Biroq ularning birontasi keyinchalik o‘z tasdig‘ini topmagan.

Yakshanba kuni chiqarilgan bayonotda aytilishicha, Iroq havo kuchlari "terrorist Abu Bakr al Bag‘dodiy ID qo‘mondonlari bilan uchrashish uchun Qarablaga ketayotganda karvonini bombaladi".

Unda yozilishicha, uchrashuv manzili ham bombalangan va guruhning ko‘plab yetakchilari o‘ldirilgan va jarohatlangan.

Bag‘dodiyning o‘ldirilgani haqidagi mish-mishlar shu yilning boshida chiqqandi. Mart oyida AQSh boshchiligidagi koalitsiya tomonidan uyushtirilgan havo hujumlaridan so‘ng uning jiddiy yaralangani aytilgandi.

ID rahbarining 2014 yilda jarohat olgan degan xabarlar noto‘g‘ri bo‘lib chiqib kelgan.

Bag‘dodiy shaxsi va qayerda ekanligi oshkor bo‘lmasligi borasida o‘ta ehtiyotkor ekanligi aytiladi. Hatto ID jangarilari u bilan yuzma yuzma gaplashmasligi ta‘kidlanadi.

2011 yilning oktyabrida AQSh Bag‘dodiyni rasmiy ravishda terroristlar ro‘yxatiga qo‘shdi va uni o‘ldirish yoki qo‘lga kiritishga yaraydigan xabarga 10 million dollar va‘da qildi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio