G‘azoga hujum ikki kishini halok qildi

Qizaloq va uning onasi hujumlar natijasida halok bo‘lgan Image copyright Reuters
Image caption Qizaloq va uning onasi hujumlar natijasida halok bo‘lgan

Falastin rasmiylarining aytishicha, Isroil uchoqlari uyushtirgan hujumlar natijasida homilador ayol va uning qizalog‘i halok bo‘lgan. Yana uch kishi uy vayronalari ostida qolmoqda.

Isroil hukumati qiruvchi uchoqlari G‘azo bo‘lgasidagi ikki nishonni hujumga tutganini aytdi. Harbiylariga ko‘ra, ularning nishoni Hamas qurol ishlab chiqaradigan bino bo‘lgan va hujumlar G‘azo bo‘lgasidan Isroil janubiga uchirilgan ikki raketaga javoban amalga oshirilgan.

Isroil politsiyasining aytishicha, falastinlik ayol chegara nazorat nuqtasiga bomba ortilgan mashinani boshqarib kelgan. Ayol Isroil qishlog‘i Maale Adumim yaqinida yakshanba kuni politsiya tomonidan to‘xtatilgan.

Politsiya voiziga ko‘ra, ayol kishi "Allohu Akbar" deya hayqirgan va portlovchi uskunani harakatga keltirgan. Portlash natijasida ayol qattiq yaralangan va politsiya xodimi esa arzimas jarohat olgan.

Ilk xabarlarda ayolning portlash natijasida halok bo‘lganligi aytilgan.

"Isroil Mudofaa kuchlari G‘azo bo‘lgasidan bo‘ladigan har qanday tajovuzkorlik harakatiga javobgar degan fikrda qat‘iy qoladi", - degan Isroil Mudofaa kuchlarining voizi Kol Piter Lemer.

G‘azo shahrining janubidagi Zaytun tumani shifokorlarining aytishicha, havo hujumlari natijasida ikki odam o‘lgan va yana 3 kishi uy vayronalari ostida qolib ketmoqda.

Musulmonlar va yahudiylar uchun muqaddas bo‘lgan sharqiy Quddusga kirish uchun bir necha haftadan beri taranglik kuzatilmoqda.

Image copyright AFP
Image caption Al Aqsoga yahudiylarning ham kirishiga izn berilishi musulmonlarning g‘azabiga sabab bo‘lgan

Falastinliklar Al Aqso masjidiga yahudiylarning ibodat qilmaslik sharti bilan kirishiga ruxsat berilganidan so‘ng Isroil hukumat tartiblarni o‘zgartirishi mumkinligidan xavotirga tushgan. Isroil bu holat davomli bo‘lishi mumkinligini ta‘kidlagan.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri vaziyat yuzasidan o‘zining "chuqur xavotirini" bildirgan.

U Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu va Falastin prezidenti Mahmud Abbos bilan alohida alohida telefon orqali gaplashgan.

Kerri janoblari vaziyatni barqarorlashtirish uchun o‘z yordamini taklif qilgan. Biroq zo‘ravonlikning avj olishida ikki tomon ham bir birini ayblagan.

Netanyahuni rasmiy Twitter akkaunti orqali "Falastin hukumatidan terrorizmning navbatdagi to‘lqiniga sabab bo‘layotgan yovvoyi va yolg‘on ig‘vogarlikni to‘xtatishni kutayotganini aniq bildirganini" aytgan.

Mahmud Abbos Kerri bilan suhbatda Isroil ko‘chib borganlar tomonidan armiya himoyasida amalga oshirilayotgan ig‘voni to‘xtatishi lozimligini aytgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio