O‘zbekiston Zimbabve va Somali safida

O‘zbekistonda beshikdan qabrgacha poraxo‘rlik avj olgani aytiladi
Image caption O‘zbekistonda beshikdan qabrgacha poraxo‘rlik avj olgani aytiladi

O‘zbekiston dunyodagi korruptsiyaga eng ko‘p botgan 10 davlatning biri bo‘lgan. Transparency International tashkiloti tomonidan e‘lon qilingan ro‘yxatda O‘zbekiston Afrikaning Zimbabve kabi davlatlaridan ham keyingi o‘rinda joy olgan.

Ro‘yxat qalbakilashtirilgan saylovlar, poraxo‘rlik, shifoxonalardagi qalbaki dori darmonlar kabi ko‘rsatgichlarni o‘z ichiga olgan va dunyodagi eng toza va eng ko‘p korruptsiyaga botgan davlatlarni o‘rinlarga qo‘yib chiqqan.

Ro‘yxatning eng pastki qismida Somali va Shimoliy Koreya davlatlari egallagan. O‘zbekiston esa qo‘shnisi Turkmanistondan bitta yuqori 8 chi o‘rinda turibdi. Shu bilan u eng korruptsiyalashgan "kuchli" 10 taklikka kirgan.

Daniya, Yangi Zelandiya va Finlandiya davlatlari korruptsiya jihatidan eng toza mamlakatlar ro‘yxatini boshqarib turibdi.

Iqtisodiy shiddat bilan rivojlanayotgan Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Meksika, Indoneziya, Nigeriya va Turkiya ham korruptsiya ildiz otgan davlatlar qatoriga kiritilgan.

Transparency International nodavlat tashkiloti rahbari Xose Ugazning Independent nashriga aytishicha, iqtisodi tez rivojlanayotgan davlatlar shaffof bo‘lish kerakligini rad etishadi va korruptsiyaga toqat qilishadi. Bu jazoga tortilmaslik madaniyatini shakllantirish orqali korruptsiyaning gullab yashnashiga olib keladi.

Kuzatuvchilar O‘zbekistonning pastki o‘rinlarda turishi haqiqatga yaqin ekanligini aytishadi.

Mamlakatdagi korruptsiyaning ildiz otganligi har qadam ko‘rinishi, qonunlarning hamma uchun birdek amal qilmasligi ijtimoiy adolatsizlikka sabab bo‘layotgani aytiladi.

BBCga murojaat qilgan o‘zbekistonlik muxlis, mamlakatda beshikdan tortib qabrgacha poraxo‘rlik avj olganini yozgan.

O‘zbekiston hukumati mulozimlari va prezident onda sonda avj olgan poraxo‘rlik, korruptsiya va ta‘magirlik haqida baland minbarlardan gapirib turishadi.

Ammo kuzatuvchilar ahvol yaxshilanishning o‘rniga yilga yilga yomonlashib borayotganini, ushbu nutqlarning foydasi bo‘lmayotganini ta‘kidlashadi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq