Qunduz shahri hukumat qo‘liga o‘tdi

Image copyright MoI

Tojikiston bilan chegaradosh Qunduz viloyati markazi ikki hafta Tolibon qo‘l ostida qolganidan so‘ng uni hukumat kuchlari yana egallagan. Biroq shaharga yaqin hududlarda janglar hamon davom etayotgani aytilmoqda.

Hukumat kuchlari shaharda nazoratni qo‘lga kiritganini bildirgan. Tolibon "mahalliy aholiga aziyat yetmasligi uchun" shahar o‘z ixtiyoriy bilan tark etganini aytgan.

Harakat voizi Tolibon Qunduzni ishg‘ol qila olishini isbotlaganini va amaliyot davomida yuzlab mahbuslarni ozod qilishning uddasidan chiqqanini aytgan.

Shahar hukumat kuchlari qo‘llariga o‘tgan bo‘lsa-da, Qunduz viloyatida janglar davom etmoqda.

Afg‘oniston kuchlari Qunduz viloyati shimolidagi Tolibon egallab olgan Chordara tumanida nazoratni o‘z qo‘liga olganini aytgan.

Mintaqadan olinayotgan xabarlarga ko‘ra, hukumat kuchlari g‘alabalar haqida hisobot berayotgan bo‘lsada Qunduz va Tohar viloyatidagi asosiy yo‘llar va ayrim qishloqlar Tolibon nazorati ostida qolmoqda.

Tojikiston bilan chegaradosh Qunduz viloyatining markazi 28 sentyabr kuni Tolibon qo‘liga o‘tgandi.

Ushbu ishg‘ol Tolibonning 14 yilda erishgan eng katta zafari deya baholandi.

Oldingi ishg‘ollardan farqli ravishda Tolibon bu safar mahalliy aholining joni va molini himoya qilishini e‘lon qildi.

Biroq mahalliy aholi vakillarining aytishicha, amalda unday bo‘lmagan. Isyonchilar shaharga kirishi bilan do‘konlarni talagan va oldidan chiqqan oddiy odamlarni otgan.

Associated Press ning yozishicha, Qunduzlik Shoh Bibi jangarilar qo‘shnisining uyiga kirib 5 yosh bolani o‘ldirganidan so‘ng 6 bolasi olib Qobulga qochgan.

BMTning ma‘lum qilishicha, shahar Tolibon qo‘liga o‘tishi arafasida va boshqaruvi vaqtida 300 ming aholi ega shaharning yarmi uni tark etishga majbur bo‘lgan.

Qunduz hukumat kuchlari qo‘liga o‘tarkan shahardan qochishga majbur bo‘lgan ayrim odamlar o‘z uylariga qaytmoqda.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio