Ovro‘po futbolining narxlari

Image copyright Getty

Ovro‘poning yetakchi futbol jamoalari o‘yinlarini ko‘rish uchun chiptalar umuman olganda so‘nggi 5 yilda arzonlashgan, ba‘zi joylarda o‘yinlarga chipta 85%, mavsumiy abonementlar esa 40%gacha arzonlashgan.

Belgiyaning Anderlexti chiptalar narxini ana o‘sha 85% arzonlashtirgan.

Eng arzon futbol chiptalari qayerda? Buni quyidagi infografikamizdan ko‘rishingiz mumkin.

Оврўпонинг етакчи футбол жамоалари ўйинларига энг арзон чипталар

$5.70

Белгиянинг Андерлехт ўйинига чипта нархи

  • $7.98 Спортинг Лиссабон (Португалия)

  • $10.26 Бенфика (Португалия)

  • $11.40 Валенсия (Испания)

  • $11.40 Марсел (Франция)

Biroq alohida chiptalaru mavsumiy abonementlar baribir ancha qimmat qolmoqda. Masalan eng yaxshi joylarga mavsumiy abonementlarning narxi quyidagicha.

Оврўпонинг етакчи футбол жамоалари ўйинларига энг қиммат мавсумий чипталар

$3,227

Пари Сен-Жермен ўйинларига мавсумий абонемент нархи

  • $3,100 Арсенал (Англия)

  • $2,530 Интер Милан (Италия)

  • $2,400 AC Милан (Италия)

  • $1,994 Реал Мадрид (Испания)

Barselonaning eng arzon mavsumiy abonementi Benfika bilan teng va $112.82 tashkil qiladi.

Angliya futbol jamoalarining to‘rtta eng yirigi Manchester Siti, Manchester Yunayted, Chelsi va Arsenal o‘z eng arzon chipta-yu mavsumiy abonementlar narxini muzlatib qo‘yishgan.

Manchester Sitining mavsumiy abonementi eng arzon - $460. Arsenalning eng arzon abonementi -$1,561.

Futbol jamoalarining futbolkalari ham ancha-muncha pulga sotiladi. Quyidagi infografikada yetakchi jamoalarning futbolkalari narxi keltirilgan.

Оврўпонинг етакчи футбол жамоалари футболкаларининг энг қиммати

$136.75

Барселона (Испания)

  • $101.42 Наполи (Италия)

  • $98.01 Интер Милан, Рома (Италия)

  • $96.87 Пари Сен-Жермен, Монако, Лил (Франция); Атлетик Билбао (Испания); Бенфика (Португалия); Андерлехт (Белгия)

Getty

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio