Xitoy Prezidenti Britaniyada: olqishmi yo-da tanqid?

Image copyright Getty Images

Xitoy prezidenti Si Tszinpinning Buyuk Britaniyaga to‘rt kunlik davlat tashrifi boshlandi.

Janob Si va uning rafiqasi Qirolicha Yelizaveta tomonidan berilajak Bukingem saroyidagi ziyofatda mehmon bo‘ladilar va Britaniya parlamenti a‘zolari tomonidan qarshilanadilar.

Britan matbuotidagi xabarlarga ko‘ra, Xitoy Prezidentining safari chog‘ida asosiy e‘tibor ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikka qaratiladi.

Xitoy bilan biznes aloqalarini rivojlantirish bahsli masala bo‘lsa ham, Tashqi ishlar vaziri Filip Hammondning aytishicha, "munosabatlarga ochiq ko‘z bilan yondoshilmoqda".

"Xitoyning laychasi"

Janob Hammond Britaniya Xitoyning "laychasiga" aylanayotgani haqidagi tanqidlarni rad etgan.

Britaniya bosh vaziri Devid Kameron va janob Si o‘rtasidagi muzokaralar va umuman safar mobaynida 30 milliard funt sterlingga teng (45 milliard dollardan ko‘proq) savdo va sarmoya yotqizish sohasida bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

Britaniya Bosh vaziri qarorgohi so‘zchisiga ko‘ra, Xitoy hukumati po‘lat ishlab chiqarish sohasini subsidiyalagani tufayli Britaniya po‘lat sanoati sinayotgani va ish joylari yo‘qotilayotgani masalasi ham muhokama qilinadi.

"Hay‘atlar o‘rtasidagi davra suhbatlarida esa, Xitoydagi inson huquqlari vaziyati va kiber hujumlar xavfi ham ko‘tariladi", - deya ilova qildi Bosh vazir so‘zchisi.

Xitoy bilan keng iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga ko‘plab muxolif fikrlar bildirilmoqda.

"Laychaga o‘xshab hansirasang, ro‘parangdagi seni arqonga bog‘lab olgandek his qiladi o‘zini", dedi APCO Worldwide's Chinese maslahat guruhidan Jeyms Makgregor.

Si Tszinpinning safari 2005 yildan beri Xitoy rahbarining Britaniyaga ilk safaridir.

Britaniya rasmiylari Xitoy kelgusi 10 yilda eng asosiy savdo hamkorlaridan biriga aylanishiga umid qilmoqdalar.

Xitoy shirkatlari xatto Britaniyadagi atom stantsiyalari hissalariga ega bo‘lishlariga ruxsat berilishi ham kutilmoqda.

Bukingem saroyidagi ziyofatga Dalay Lamaning yaqin do‘sti sifatida ko‘rilgan Shahzoda Charlz tashrif buyurmasligi e‘lon qilingan, lekin buning sababi keltirilmagan.

Muxolifatdagi Leyboristlar partiyasi rahbari Jeremi Korbin esa, ziyofat vaqtida inson huquqlari masalasini ko‘tarishi ehtimoli haqida aytilgan.

Safar mobaynida Amnesty International kabi qator xalqaro tashkilotlar Xitoydagi inson huquqlarini toptash hollari va tsenzuraga qarshi namoyishlar o‘tkazishlarini bildirganlar.

Ayni vaqtda Xitoy hukumati siyosatini qo‘llovchi namoyishlar o‘tkazilishi ham ma‘lum qilingan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio