Itlar ilk bor Markaziy Osiyoda insonga do‘st tutinganmi?

Image copyright Getty Images

Itlar uy hayvoniga aylantirilgan ilk jonzotlardan biridir.

Ularning kelib chiqishi borasida o‘tkazilgan oxirgi tadqiqot natijalariga ko‘ra, itlar ilk bor Markaziy Osiyoda insonga do‘st tutingan bo‘lishi mumkindir.

Itlarning avlodi bo‘rilardandir. Lekin olimlarga ko‘ra, inson ilk bor ularni hozirgi Mo‘g‘uliston yo-da Nepal mintaqalarida uy hayvoniga aylantira boshlagan.

PNAS jurnalida chop etilgan tadqiqot natijalarida minglab itlardan olingan DNK ma‘lumotlari o‘rganib chiqilgan.

Itlarni uy hayvoniga aylantirish jarayoni mustaqil ravishda jahonning qator nuqtalarida ro‘y bergan bo‘lishi mumkin, lekin DNK tekshiruvlari bu g‘oyani dastaklamayapti.

"Ko‘rinishicha, ularning kelib chiqishi bir manbadan. Lekin ba‘zida bo‘rilar bilan itlar o‘rtasidagi irsiy turfa xillik ham uchraydi", deydi tadqiqot mualliflaridan biri doktor Boyko.

Tadqiqotchilar itlar xromosomalaridagi bir-biriga yaqin joylashgan irsiy belgilarni o‘rganib chiqqan vaqtlari ularning uy hayvoniga aylanishlari Markaziy Osiyoda bo‘lib o‘tganligiga ishora qiluvchi belgilarni topganlar.

Lekin boshqa guruh tadqiqotchilar mutlaqo o‘zgacha ma‘lumotlarni qo‘lga kiritganlar. Avval o‘tkazilgan tadqiqotlar itlar Yaqin Sharqda uy hayvonlariga aylanganliklari haqidagi natijalarni bergandi.

Oxirgi tadqiqot balki bu boradagi bahslarga nihoya yasamas. Lekin doktor Boykoning aytishicha, kelgusi izlanishlarga turtki beradi.

Aksar tadqiqotchilar itlar 15 ming yil avval "insonga do‘st tutinganliklari" haqidagi g‘oyani qo‘llaydilar.

Lekin nima uchun inson bunga ehtiyoj tuygani sabablari hanuz noma‘lum.

"Ular inson yashaydigan manzillar yaqinida tobora ko‘proq paydo bo‘lib, insonlarga yaqinlasha boshlaganlariga shubha yo‘q. Lekin bu jarayonda qo‘yilgan dastlabki qadamga nima turtki bergani aniq emas".

"Ov qilishda yordam kerakligi bo‘lganimkan? Balki bo‘rilar tomonidan insondan qolgan ov qoldiqlarini yeyishga ishtiyoqdan boshlanganmikan?".

"O‘zlarini insonga yaqinlashtirib, insonlar ularni bog‘lab qo‘yganlari - kelajaklari uchun ijobiy bo‘lgandir. Chunki hozirda jahonda milliardlab itlar bor, bo‘rilarning soni esa atigi 10 millionga yaqin".

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio